Toshkentda yo‘l chetidagi pulli avtoturargohlar qanday ishlaydi va undan tushgan pul qayerga ketadi?
8-maydan boshlab Toshkent shahrining oltita ko‘chasida pulli avtoturargohlar tizimi joriy etiladi. Bu haqda 5-may kuni tizim operatori hisoblangan StreetPark Systems kompaniyasi vakillari matbuot anjumanida ma’lum qildi. Loyihaning birinchi bosqichida pulli avtoturargohlar Amir Temur xiyoboni aylanmasi, Istiqbol, Zarafshon, Buxoro, shuningdek, Shahrisabz va Mirobod ko‘chalarini qamrab oladi. Jami avtoturargohlar soni 680 tani tashkil etadi. hozir ushbu hududlarda ma’lumot…