Bolalar nafaqasi miqdori oshdi, lekin oluvchilar 2 barobar qisqardi
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ijtimoiy yordamlar, ayniqsa bolali oilalarga to‘lanadigan nafaqalar soni va hajmida keskin o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Davlat statistikasiga ko‘ra, 2024–2025-yillar oralig‘ida bolalar nafaqasi oluvchilar soni deyarli ikki baravarga kamaydi. Raqamlar nima deydi? 2024-yilning yanvarida 1,9 million oila bolalar nafaqasi olgan bo‘lsa, mart oyida bu raqam 1,5 millionga tushdi. 2025-yilning birinchi choragida esa bor-yo‘g‘i 774 ming…