Moliya
mamlakat iqtisodiyoti, moliya sohasidagi yangiliklar, ularning tahlili va tavsiyalar
Milliarder Baffet pul sarflash befoyda bo‘lgan 5 ta narsani aytdi
Milliarder Uorren Baffet mablag‘larni oqilona sarflash va investitsiya qilishdagi ajoyib intizomi bilan mashhur. Newtraderuʼning yozishicha, Baffetning yondashuvi boylik to‘plashga xalaqit beradigan keng tarqalgan xarajatlar tuzoqlaridan qochish imkonini beradi. Baffet fikriga ko‘ra, yangi avtomobil sotib olish eng zararli moliyaviy qarorlardan biridir. Uning fikricha, avtomobilga maqom belgisi yoki sarmoya sifatida emas, balki transport vositasi sifatida qarash lozim. Ikki…
Mehnatga yaroqli har ming aholining 224 nafarida kredit bor — Markaziy bank
O‘zbekistonda bankdan qarzi mavjud aholi ko‘lami ortib bormoqda. Bu haqda Markaziy bankning navbatdagi sharhida so‘z bordi. “Krediti borlar ko‘paymoqda” Markaziy bank hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘tgan yili banklardan kredit olgan jismoniy shaxslar soni 4,7 mln kishini tashkil etgan. Bu 2023-yildagidan 18 foizga ko‘p. “2024-yil yakunida har ming kishiga banklar oldida qarz majburiyati mavjud 224 nafar mehnatga layoqatli yoshdagi doimiy aholi to‘g‘ri kelib, 2023-yilga nisbatan 31 kishiga…
Bank qutichasi nima? Bilasizmi?
Bank qutichasi nima? U qanday himoyalangan? Undan nima maqsadda foydalaniladi? Hozir shu savollarga javoblarni sanab oʻtamiz! Bank qutichasi (yacheykalari) — mijozlarning qimmatbaho buyum, qogʻoz yoki mablagʻlari xavfsiz saqlanadigan joy. Qutilar xuddi seyflar kabi boʻlib, uning eshigi bankning bunga masʼul xodimi hamda mulk egasi tomonidan qulflanib, signalizatsiya bilan jihozlangan boʻladi. Unda nima saqlanadi? Mijozlar yacheykalarga qimmatbaho…
Chegirmalar — haqiqiy foydami yoki illyuziya?
«Faqat bugun!», «70% chegirma!», «O‘tkazib yubormang!» — bunday shiorlarni deyarli har kuni ko‘ramiz: do‘konlar peshtoqida, internet reklamalarida yoki telefonimizdagi xabarnomalarda. Bu chegirmalar bizni xarid qilishga undaydi. Ammo shu savol o‘rinli: chegirmalar — haqiqiy foydami yoki marketing illyuziyasi? Chegirma nima va qanday ishlaydi? Chegirma bu — asl narxdan muayyan foizda tushirilgan narx taklifidir. Ammo ko‘p hollarda…
Har oy ortib qoladigan pulingizni qayerga sarflash kerak?
Pulni sarflash uchun biror nima o‘ylab topish — muammo emas. Hatto ko‘pchilik bu haqda o‘ylab ham o‘tirmaydi. Chunki pul, xalq orasida aytilgandek, “qo‘lning kiri” — keladi, ketadi. Ammo muammo pulda emas, uni boshqarishdagi yondashuvda. Ko‘pchilik hali ham “oylikdan oylikkacha” yashash tarziga o‘rganib qolgan. Bu holatni faqat maoshning katta yoki kichikligi bilan izohlash noto‘g‘ri. Chunki ba’zilar…
Aprel oyida O‘zbekiston $1,91 mlrdlik oltin eksport qildi
O‘tgan oyda O‘zbekiston oltin sotishni davom ettirib, $1,91 mlrdlik oltin eksport qildi. Dastlabki 4 oy yakunlariga ko‘ra, qimmatbaho metallar yetkazib berish $5,48 mlrdni (+60%) tashkil etdi. Xitoy O‘zbekiston bilan savdo bo‘yicha birinchi o‘rinni saqlab qolmoqda ($4,18 mlrd), ikkinchi o‘rinni esa $3,7 mlrd bilan Rossiya egallab turibdi. Yanvar-aprel oylarida Xitoy bilan savdo 5,6% ga oshdi, Rossiya bilan esa…
Qanday qilib shikast yetgan valyutani almashtirish mumkin?
Hayotda har xil holatlar bo‘ladi: pulimiz suvga tushib qoladi, yirtiladi, kuyadi yoki bo‘yalib qoladi. Ko‘pchilik bunday valyutani endi ishlatib bo‘lmaydi deb o‘ylaydi. Aslida esa, shikastlangan pulni almashtirish imkoniyati bor. Quyida aynan qanday qilib buni amalga oshirish mumkinligi haqida oddiy tilda tushuntiramiz. Milliy valyuta – so‘mni almashtirish Agar yirtilgan yoki bo‘yalgan so‘mlar bo‘lsa, uni tijorat banklari…
Ishsizlik nafaqasi kimlarga beriladi? Bilasizmi?
“Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, agar odam rasman ishsiz deb tan olinsa va mahalliy mehnat organiga ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tsa, u holda u nafaqa olish huquqiga ega bo‘ladi. Nafaqa siz ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatga olingan kuningizdan boshlab hisoblanadi va to‘lanadi. Ishsizlik nafaqasi 12 oylik davr ichida ko‘pi bilan 26 hafta davomida beriladi va…
Bolalar bank kartasi nima? Qanday foydalanish mumkin?
O’zbekistonda bolalar bank kartalari 6 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun mo’ljallangan maxsus moliyaviy vosita bo’lib, ota-onalarning nazorati ostida ochiladi va foydalaniladi. Psixologlar ta’kidlashicha, 10 yoshga kelib bolalar pulning qadr-qimmatini to’liq tushunib, mustaqil va ongli ravishda xaridlarni amalga oshirishga tayyor bo’lishadi. Raqamli moliyaviy texnologiyalar rivojlanayotgan bugungi kunda, bolalarni moliyaviy savodxonlikka o’rgatishning eng samarali usullaridan biri…
“Uzbekistan Airways” sof foydasi qisqardi
“Uzbekistan Airways” AJning 2025-yil I choragidagi sof foydasi 49,6 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 19,3% kam (2024-yil I chorakda — 61,4 mlrd so‘m). Shu bilan birga, kompaniyaning sof tushumi 3,8 trln so‘mdan oshib, 12,3% o‘sdi, ammo yalpi foyda 171,2 mlrd so‘mni tashkil etib, 38% ga qisqardi. Moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha: Eslatma: 2026-yil…