May oyida Markaziy bank oltin zaxiralari rekordni yangiladi

2025-yil may oyida O‘zbekiston Markaziy bankining oltin-valyuta zaxiralari $410,2 mlnga oshib, rekord darajaga — $49,66 mlrdga yetdi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, chet el valyutasidagi zaxiralar $11 mlrddan $11,4 mlrdgacha ko‘paygan. Xalqaro qimmatli qog‘ozlar hajmi ham o‘sib, bir oyda $703,9 mlndan $706,3 mlnga yetgan. Shuningdek, zaxiralardagi oltinning qiymati $2,2 mlnga ortib, $37,6 mlrdni tashkil etdi. Bu jismoniy…

Batafsil

Toshkent metropoliteni 6-iyun kuni 7 soat davomida bepul ishlaydi

“Toshkent metropoliteni” Qurbon hayiti bayrami kunlari poyezdlar qatnovi hamda metro ish vaqti bo‘yicha ma’lumot berdi. Qayd qilinishicha, 6 iyun – Qurbon hayiti kuni yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent metropoliteni odatdagidan ikki soat oldin, ya’ni, tonggi soat 3:00 dan ish faoliyatini boshlaydi. Bundan tashqari, Qurbon hayiti bayrami kunida Toshkent metropoliteni soat 3:00 dan 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul…

Batafsil

O‘zbekistonda “Imkon Ventures” venchur fondi ochildi

O‘zbekistonda umumiy kapitali $5 million bo‘lgan yangi venchur fond — Imkon Ventures o‘z faoliyatini boshladi. Yangi jamg‘arma texnologik startaplarga, ayniqsa ilk bosqich (pre-seed va seed) dagi loyihalarga sarmoya kiritishga ixtisoslashgan. Fond strategiyasida quyidagi yo‘nalishlarga alohida urg‘u berilgan: Shuningdek, fond xalqaro bozorga chiqish salohiyatiga ega mahalliy jamoalarni qo‘llab-quvvatlashga ustuvorlik beradi. “Imkon Ventures” asoschilaridan biri — Qatarlik…

Batafsil

Mayda oylik inflyatsiya keskin oshdi. Qaysi hududlarda narxlar tez o‘smoqda?

O‘zbekistonda joriy yil may oyida yillik inflyatsiya darajasi pasaydi, ammo oylik narxlar keskin ko‘tarildi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi sharhida maʼlum qilindi. Maydagi oylik inflyatsiya darajasi 1,5 foiz bo‘ldi. Bu oyma-oy ko‘rsatkichlarga qaraganda bir yil ichidagi eng yuqori o‘sish hisoblanadi. O‘tgan oyda yillik inflyatsiya darajasi 8,7 foizga pastlagan (aprelda 10,1 foiz edi). May davomida oziq-ovqat mahsulotlari 0,8…

Batafsil

O‘zbekistonda 1-iyundan nimalar o‘zgaradi?

Iyun oyidan qonunchilikda o’zgaradigan muhim jarayonlarni «Biznesreport» nashri bir yerga umumiylashtirdi. O‘zbekiston fuqarolari Xitoyga vizasiz kirishlari mumkin bo‘ladi O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida imzolangan hukumatlararo bitimning kuchga kirishi bo‘yicha ichki protseduralar tugallandi. Hujjat 1-iyundan kuchga kiradi. Hujjat bilan ikki davlat fuqarolari mamlakatga kirish, undan chiqish yoki tranzit qilish uchun har bir alohida bo‘lish muddati 30 kundan…

Batafsil

2024-yilda kiberjinoyatchilar 603 mlrd so‘mlik mablag‘ni o‘g‘irladi

So‘nggi besh yilda O‘zbekistonda kiberjinoyatlar soni 68 barobarga oshgan. Bu haqda 29-may kuni IIV Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish markaziga uyushtirilgan matbuot safarida ma’lum qilingan. 2024-yilda kiberjinoyatlar soni 2023-yilga nisbatan 9,1 barobar ortgan. Shu davrda kibermakondagi huquqbuzarliklar bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar soni 34 barobarga ko‘paygan. 2021−2024 yillarda kiberjinoyatlar natijasida fuqarolarning 1,9 trln so‘mdan ortiq…

Batafsil

Uch oyda O‘zbekistonning davlat qarzi $2,22 mlrdga oshib, $42,4 mlrdga yetdi

Joriy yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, birinchi chorakda O‘zbekistonning davlat qarzi $42,43 mlrdga yetdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi saytidagi ma’lumotlarda keltirilgan. Ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 1,2 barobar — $7,08 mlrdga o‘sdi, yil boshi bilan taqqoslaganda esa $2,22 mlrdni (+5,5%) tashkil etdi. Davlat qarzining YIMga nisbati 31,7%dan 33,5%ga oshgan. Davlat qarzining asosiy qismi — 84%ini tashqi qarz tashkil etadi,…

Batafsil

Nega O‘zbekistonda yangi avtomobillar narxi oshmoqda? 

2024-yilda O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish 399,2 mingtani tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan atigi 0,9% ga ko‘p. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda. Oldingi ikki yildagi jadal o‘sishdan so‘ng ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati sezilarli darajada sekinlashdi. Avtomobil importi o‘tgan yili 2023-yilga nisbatan 7,1% ga pastladi. Joriy yilning birinchi choragida yetkazib berish hajmi uch barobardan ziyod kamaydi….

Batafsil

YTTlarga ham zargarlik buyumlari savdosiga ruxsat beriladi

Bugun, 26-may kuni prezident raisligida mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda 2024-yilda zargarlikda ishlab chiqarish $200 mlndan oshgani, eksport 17% ga o‘sib, $92 mlnga yetgani ta’kidlandi. Mamlakatda yiliga 100 tonnadan ziyod oltin qazib olinayotgani bilan imkoniyatlarning o‘ndan biri ham ishga solinmayotgani qayd etildi. Sohada “xufiyona” iqtisodiyot ulushi yuqori ekani ko‘rsatib…

Batafsil

Aprel oyida O‘zbekiston $1,91 mlrdlik oltin eksport qildi

O‘tgan oyda O‘zbekiston oltin sotishni davom ettirib, $1,91 mlrdlik oltin eksport qildi. Dastlabki 4 oy yakunlariga ko‘ra, qimmatbaho metallar yetkazib berish $5,48 mlrdni (+60%) tashkil etdi. Xitoy O‘zbekiston bilan savdo bo‘yicha birinchi o‘rinni saqlab qolmoqda ($4,18 mlrd), ikkinchi o‘rinni esa $3,7 mlrd bilan Rossiya egallab turibdi. Yanvar-aprel oylarida Xitoy bilan savdo 5,6% ga oshdi, Rossiya bilan esa…

Batafsil
Back To Top