Nega O‘zbekistonda yangi avtomobillar narxi oshmoqda? 

2024-yilda O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish 399,2 mingtani tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan atigi 0,9% ga ko‘p. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda. Oldingi ikki yildagi jadal o‘sishdan so‘ng ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati sezilarli darajada sekinlashdi. Avtomobil importi o‘tgan yili 2023-yilga nisbatan 7,1% ga pastladi. Joriy yilning birinchi choragida yetkazib berish hajmi uch barobardan ziyod kamaydi….

Batafsil

4 oyda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil ma’lum qilindi

Yilning yanvar – aprel oylarida O‘zbekistonda Cobalt avtomobili 44,7 ming dona ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,3% ga oshgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi. Mahalliy bozorda ikkinchi o‘rinni 30 mingga yaqin ishlab chiqarish bilan Damas egalladi. Bu ko‘rsatkich yillik hisobda 28,9% ga oshdi. Uchinchi o‘rinda esa Chevrolet Onix joy oldi….

Batafsil

Yo‘llarida harakatlanish bo‘yicha yangi tartiblar qabul qilindi

Prezident Mirziyoyev 16-may kuni avtomobil yo‘llarida harakatlanish tartibini yanada takomillashtirish, haydovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish haqidagi qarorni imzoladi. 1-iyundan yo‘l chiziqlarini bosgan haydovchilarga radarlar orqali jarima yozilmaydi 1-iyundan yo‘l chiziqlarini bosgan haydovchilarga radarlar orqali jarima yozilmaydi Hujjat bilan joriy yilning 1-iyunidan yo‘l chiziqlarini bosib qoidabuzarlik sodir etish holatlarini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari…

Batafsil

Old yon oynalarini qoraytirish bepul bo‘lmaydi — YHXX

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda avtomobillarning old yon oynalarini qoraytirganlik uchun to‘lovlar bepul bo‘lishi haqida xabarlar tarqalmoqda. YHXX axborot xizmati rahbari Zoir Yo‘ldoshev buni rad etdi. Zoir Yo‘ldoshevning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, haydovchilar uchun bir qator yaxshi yangiliklar aks etgan qaror loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan, ammo gap avtomobillarning old oynalarini qoraytirish bepul bo‘lishi yoki arzonlashishi haqida ketmayapti. O‘zbekistonda…

Batafsil

Aprel oyida avtomobil bozori qanday o‘zgardi?

Joriy yilning aprel oyida O‘zbekistonda avtotransport vositalari savdosi 17% ga o‘sib, 90 ming donani tashkil etdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar bermoqda. Yengil avtomobillar savdosi hajmi ham 20 foizga oshib, 77 mingtaga yetdi. Hududlar bo‘yicha sotuvlarning eng katta o‘sishi Sirdaryo viloyatida (34%), Toshkent shahrida (32%) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (29%) qayd etildi. Birlamchi…

Batafsil

Haydovchilarga qoidabuzarlik uchun jarima ballari hisoblash 1-yundan boshlanadi

Hukumatning “Yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qaror bilan, avtomashinani boshqarish jarayonida yo‘l harakati qoidabuzarliklarini sodir etish holatlarini jarima ballari asosida baholash tartibi tasdiqlandi. Yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jarima ballari “E-jarimaball” moduli orqali inson omilisiz avtomatlashtirilgan tartibda hisoblab boriladi. 12 oy mobaynida yo‘l harakati qoidalarini buzmagan haydovchilarga rag‘batlantirish tariqasida, keyingi davrda yo‘l…

Batafsil

Toshkent viloyati yo‘llarida maksimal tezlik 20 km/soatga pasaytirildi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev qaroriga ko‘ra, aholi punktlaridan tashqaridagi yo‘llarning 37 ta uchastkasida ruxsat etilgan maksimal tezlik 100 km/soatdan 80 km/soatgacha pasaytirildi. Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi taklifi bilan shunday qaror qabul qilingan bo‘lib, uning asosiy maqsadi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalari sonini kamaytirishdan iborat. Qarorda nima deyilgan: Quyidagi yoʻllarda 80 km/soat tezlik chegarasi joriy etiladi:…

Batafsil

Toshkentda yo‘l chetidagi pulli avtoturargohlar qanday ishlaydi va undan tushgan pul qayerga ketadi?

8-maydan boshlab Toshkent shahrining oltita ko‘chasida pulli avtoturargohlar tizimi joriy etiladi. Bu haqda 5-may kuni tizim operatori hisoblangan StreetPark Systems kompaniyasi vakillari matbuot anjumanida ma’lum qildi. Loyihaning birinchi bosqichida pulli avtoturargohlar Amir Temur xiyoboni aylanmasi, Istiqbol, Zarafshon, Buxoro, shuningdek, Shahrisabz va Mirobod ko‘chalarini qamrab oladi. Jami avtoturargohlar soni 680 tani tashkil etadi. hozir ushbu hududlarda ma’lumot…

Batafsil

Gibrid va benzinli avtomobillar: qaysi biri iqtisodiy jihatdan foydaliroq?

Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda mamlakatga kirib kelgan avtomobillar orasida elektr va gibrid avtomobillar soni ilk bor benzinli avtomobillar hajmidan oshib ketgan. Xususan, elektr avtomobillarining importi esa 16 mingdan 24 ming donagacha ko‘paygan. Gibrid mashinalar importi esa 42 foizga o‘sib, 17,48 ming donaga yetgan. Bozordagi ushbu tendensiyalar fonida ko‘pchilik avtomobil xaridorlari uchun asosiy savol yuzaga…

Batafsil

“Leapmotor” O‘zbekistonda rasmiy faoliyatini boshlaydi

2025-yil 13-aprelda kompaniya Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va «UzTest» davlat muassasasiga xat yo‘llab, o‘z rejalarini ma’lum qildi. Xatda Leapmotor C16 rusumidagi ba’zi avtomobillar mamlakatga noqonuniy yo‘l bilan – distribyutorlar orqali ruxsatsiz olib kirilganini e’tirof etdi. Kompaniya yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish va rasmiy faoliyat shartlarini taqdim etishga va’da berdi. “Leapmotor” ning asosiy bayonotlari: Tomonlar…

Batafsil
Back To Top