Markaziy bank: Xorijdan pul o‘tkazmalari 32%ga oshdi
Markaziy bankning pul-kredit siyosati sharhida keltirilishicha, 2025-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga xorijdan yuborilgan pul o‘tkazmalari hajmi $3,3 mlrdni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 32% ga ko‘p. 2024-yilning birinchi choragida bu ko‘rsatkich $2,5 mlrd bo‘lgan edi. Yanvar va mart oylarida har biri bo‘yicha $1 mlrd atrofida o‘tkazma amalga oshirilgan bo‘lsa, eng yuqori ko‘rsatkich mart…