ILMA iqtisodchi Otabek Bakirovga qarshi shikoyat berdi
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) iqtisodchi Otabek Bakirovga qarshi huquqni muhofaza qilish organlariga rasmiy ariza yubordi. Bu haqda Bakirov o‘zining Telegram kanalida xabar berdi. Bunga uning 4-mart kuni Telegramda e’lon qilgan xabari sabab bo‘lgan. Unda Bakirov agentlikning Xitoy marketpleysi Temuni bloklash bo‘yicha harakatlarining qonuniyligini shubha ostiga olgan edi. Bakirovning aytishicha, aynan uning “Qonunsiz superregulyator”deb nomlangan maqolasi ILMAning tobora…