Markaziy bank: 2025-yil oxirigacha inflyatsiya 8% atrofida bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2025-yil uchun inflyatsiya prognozini yangiladi. Avvalgi prognozga ko‘ra, yillik inflyatsiya 6–7% oralig‘ida shakllanishi kutilgan edi. Endilikda esa bu ko‘rsatkich 7–8% atrofida bo‘lishi taxmin qilinmoqda . Mart oyida aholining inflyatsion kutilmalari o‘tgan oyga nisbatan 1,1 foiz bandga kamayib, 14,2%ni tashkil etdi. Tadbirkorlar orasida esa bu ko‘rsatkich 0,8 foiz bandga pasayib, 13%ga teng…