2033-yilga kelib islom banklari aktivi $6,3 mlrdga yetadi — YeOTB

Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) yangi hisobotida O‘zbekistonda islomiy moliya bozori jadal o‘sishini prognoz qilmoqda. Xususan, islomiy banking aktivlari hajmi $2,4 mlrdgacha oshishi mumkin. Shu bilan birga, sukuk (islomiy obligatsiyalar) aktivlari $1,8 mlrddan oshib ketadi. Hisobotda Markaziy Osiyoda islomiy moliyaning o‘sish salohiyati yuqori ekanligi ta’kidlangan. Bu aholi sonining ko‘payishi va bunday mahsulotlar haqidagi xabardorlikning oshishi bilan…

Batafsil

2025-yilning birinchi choragida aholiga 34,9 trln so‘mlik kredit ajratildi — Markaziy bank

Markaziy bank tahliliga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–mart oylarida aholiga jami 34,9 trln so‘mlik kredit ajratilgan bo‘lib, bu 2024-yilning shu davriga nisbatan 74% ga ko‘p hisoblanadi. Aholiga berilayotgan kreditlarning bunday sur’atda oshishi aholining daromadlari o‘sib borayotgani, shuningdek, ipoteka kreditlari, mikroqarzlar va mikrokreditlarga bo‘lgan talab ortgani bilan izohlanadi. Kredit turi Ulushi (%) O‘tgan yilga nisbatan o‘zgarish Mikroqarzlar 53,6% 2,3 barobar oshgan Mikrokreditlar 15,6% 1,9 barobar oshgan Ipoteka kreditlari 12,8% 26,3% ga oshgan Avtokreditlar 10% 17,6% gacha kamaygan Boshqa kreditlar 8% — Kredit kartalari orqali — 3,3 barobarga ko‘paygan Markaziy bank prognozlarida aytilishicha, aholiga ajratilayotgan kreditlar hajmining keskin o‘sishi…

Batafsil

Markaziy bank: 2025-yil oxirigacha inflyatsiya 8% atrofida bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2025-yil uchun inflyatsiya prognozini yangiladi. Avvalgi prognozga ko‘ra, yillik inflyatsiya 6–7% oralig‘ida shakllanishi kutilgan edi. Endilikda esa bu ko‘rsatkich 7–8% atrofida bo‘lishi taxmin qilinmoqda . Mart oyida aholining inflyatsion kutilmalari o‘tgan oyga nisbatan 1,1 foiz bandga kamayib, 14,2%ni tashkil etdi. Tadbirkorlar orasida esa bu ko‘rsatkich 0,8 foiz bandga pasayib, 13%ga teng…

Batafsil

Markaziy bank: Xorijdan pul o‘tkazmalari 32%ga oshdi

Markaziy bankning pul-kredit siyosati sharhida keltirilishicha, 2025-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga xorijdan yuborilgan pul o‘tkazmalari hajmi $3,3 mlrdni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 32% ga ko‘p. 2024-yilning birinchi choragida bu ko‘rsatkich $2,5 mlrd bo‘lgan edi. Yanvar va mart oylarida har biri bo‘yicha $1 mlrd atrofida o‘tkazma amalga oshirilgan bo‘lsa, eng yuqori ko‘rsatkich mart…

Batafsil

Yo‘llarida harakatlanish bo‘yicha yangi tartiblar qabul qilindi

Prezident Mirziyoyev 16-may kuni avtomobil yo‘llarida harakatlanish tartibini yanada takomillashtirish, haydovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish haqidagi qarorni imzoladi. 1-iyundan yo‘l chiziqlarini bosgan haydovchilarga radarlar orqali jarima yozilmaydi 1-iyundan yo‘l chiziqlarini bosgan haydovchilarga radarlar orqali jarima yozilmaydi Hujjat bilan joriy yilning 1-iyunidan yo‘l chiziqlarini bosib qoidabuzarlik sodir etish holatlarini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari…

Batafsil

Voyaga yetmagan bolalar qanday sohalarda ishlashi mumkin?

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining mehnat qilishi mumkin bo‘lgan yengil turdagi ishlar va kasblar ro‘yxati ishlab chiqdi. Unda Mehnat kodeksiga muvofiq, shuningdek, sog‘lig‘iga hamda ma’naviy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, o‘qitish jarayonini buzmaydigan yengil mehnatni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi mumkin bo‘lgan engil turdagi ishlar va kasblar ro‘yxati tuzildi….

Batafsil

Toshkent Bosh rejasi, JSTga a’zolik va Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-may kuni Toshkent shahrida rejalashtirilgan renovatsiya va investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.  Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan bosh rejasi tasdiqlangan edi. Bosh rejaga ko‘ra, poytaxtimiz hududi 3 ta – konservatsiya, rekonstruksiya va renovatsiya zonalariga ajratilgan. Bosh rejada 300 dan ortiq renovatsiya manzili belgilangan. 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan birinchi bosqichda…

Batafsil

Fitch ratings: Davlat banklarini xususiylashtirish yana kechikishi mumkin

Fitch Ratings xalqaro reyting agentligining Toshkentda yaqinda o‘tkazilgan konferensiyasida ta’kidlanishicha, 2020-yildan buyon O‘zbekiston bank sektorida olib borilayotgan ishlari natija ko’rsatmoqda.  Eng muhim yutuqlardan biri sifatida 2023-yilda yirik davlat banklaridan biri — Ipoteka-bank (BB-/Barqaror)ning Vengriyada joylashgan OTP Group’ga muvaffaqiyatli xususiylashtirilgani qayd etildi. Shuningdek, xususiylashtirilishi rejalashtirilgan boshqa banklarda ham boshqaruv sifati va korporativ boshqaruv sezilarli darajada yaxshilangan….

Batafsil

Aprel oyida aholining inflyatsion kutilmalari 14,2% darajasida qoldi

Joriy yil aprel oyida O‘zbekiston aholisining kelgusi 12 oylik inflyatsion kutilmalari martdagi darajasida qolib, 14,2% ga teng bo‘ldi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida yozilgan. Aholi kutilmalari Markaziy bank so‘rovlariga ko‘ra, o‘tgan oyda aholi orasida narxlar oshishiga taʼsir qiluvchi omillar sifatida yoqilg‘i va energiya resurslari, transport xarajatlari qimmatlashishini qayd etganlar ko‘paygan. Narx-navo o‘sishiga valyuta kursi o‘zgarishi, asosiy…

Batafsil

Qaysi davlat eng ko’p pul chiqardi?

2024-yilda jahon bo’yicha bir qator davlatlar o’z iqtisodiyotida pul massasini keskin oshirdi. Bu esa narxlar o’sishi (inflyatsiya), valyuta qadrsizlanishi va aholining sotib olinishiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. «Money Supply Growth» (ya’ni keng ma’nodagi pul massasi M2/M3) ko’rsatkichlariga tegishli ushbu ro’yxatlarga 2023-yil dekabrdan 2024-yil dekabriga qadar bo’lgan davrda har bir davlatda pul massasi qancha foizga ko’payganini ochib…

Batafsil
Back To Top