O‘zbekistonda bank kartalari soni 63 mlndan oshdi

2025-yil 1-may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda muomalada bo‘lgan bank kartalari soni 63,7 million donani tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank to‘lov tizimlari ko‘rsatkichlari bo‘yicha e’lon qilgan ma’lumotga tayanib, «Pinkod» xabar bermoqda.

Eng ko‘p bank kartasiga ega banklar:

Hozirda eng ko‘p bank kartasiga ega bank — Xalq banki bo‘lib turibdi. Uning muomaladagi kartalari soni 11 050 023 donani tashkil etmoqda. Shunga qaramay, yil boshidan beri ushbu bankning kartalari soni 1,4 millionga kamaygan.

Keyingi o‘rinlarda:

  • Agrobank — 5 747 129 ta karta
  • TBC Bank — 4 965 959 ta karta
  • Ipoteka bank — 4 941 823 ta
  • Octobank — 4 680 329 ta
  • Milliy Bank — 4 097 669 ta

Bankomatlar bo‘yicha yetakchilar:

Eng ko‘p bankomat va infokiosklarga to‘lov tashkilotlari egalik qilmoqda — jami 17 994 ta.

Banklar kesimida esa:

  • Xalq banki — 3 032 ta bankomat
  • Agrobank — 2 034 ta
  • Kapitalbank — 1 478 ta
  • Ipak Yo‘li banki — 972 ta
  • Milliy bank — 894 ta

To‘lov terminallari va tushumlar (yanvar–aprel 2025):

To‘lov terminallari soni bo‘yicha yetakchi banklar:

  • Xalq banki — 45 101 ta
  • Hamkorbank — 43 172 ta
  • Milliy bank — 39 525 ta
  • Agrobank — 34 595 ta
  • Ipoteka bank — 34 571 ta

Shu davr ichida terminallar orqali olingan jami tushum 139,98 trillion so‘mni tashkil etdi. Eng katta tushum esa Aloqabank hissasiga to‘g‘ri keldi — 16,1 trillion so‘m.

Back To Top