Bolalar bank kartasi nima? Qanday foydalanish mumkin?
O’zbekistonda bolalar bank kartalari 6 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun mo’ljallangan maxsus moliyaviy vosita bo’lib, ota-onalarning nazorati ostida ochiladi va foydalaniladi. Psixologlar ta’kidlashicha, 10 yoshga kelib bolalar pulning qadr-qimmatini to’liq tushunib, mustaqil va ongli ravishda xaridlarni amalga oshirishga tayyor bo’lishadi. Raqamli moliyaviy texnologiyalar rivojlanayotgan bugungi kunda, bolalarni moliyaviy savodxonlikka o’rgatishning eng samarali usullaridan biri…