Wolt oziq-ovqat yetkazib berish xizmati O’zbekistonda ish boshlamoqda. Kompaniyaning O‘zbekistonda paydo bo‘lishi haqida xabarlar o‘tgan yili chiqqandi. Hozirda kompaniya yangi xodimlar izlamoqda.

Mobil ilovasida kompaniya O‘zbekistonda rasman ish boshlaganini e’lon qildi. Avvalroq rasmiy veb-saytida xizmat ko‘rsatiladigan mamlakatlar qatoriga O‘zbekiston qo‘shilgan edi.
Kompaniya O‘zbekistonda 8 ta pozitsiya ish o‘rinlari e’lon qilgan. Ular orasida yordamchi xodimlar, savdo va qo‘llab-quvvatlash guruhi menejerlari, savdo menejerlari, asosiy hisob menejerlari, kontent menejerlari, shuningdek, bosh direktor kabilar bor.
“Wolt” — 2014 yilda Finlyandiyada yaratilgan oziq-ovqat va tovarlarni yetkazib berish xizmati. Kompaniya Gruziya, Ozarbayjon, Qozog‘iston kabi 28 mamlakatda faoliyat yuritadi.
#fudtex #wolt