Fudtex bozorida yangi o’yinchi: Wolt O’zbekistonga kirib kelmoqda.

Wolt oziq-ovqat yetkazib berish xizmati O’zbekistonda ish boshlamoqda. Kompaniyaning O‘zbekistonda paydo bo‘lishi haqida xabarlar o‘tgan yili chiqqandi. Hozirda kompaniya yangi xodimlar izlamoqda. Mobil ilovasida kompaniya O‘zbekistonda rasman ish boshlaganini e’lon qildi. Avvalroq rasmiy veb-saytida xizmat ko‘rsatiladigan mamlakatlar qatoriga O‘zbekiston qo‘shilgan edi. Kompaniya O‘zbekistonda 8 ta pozitsiya ish o‘rinlari e’lon qilgan. Ular orasida yordamchi xodimlar, savdo…

Batafsil

Botir Zohidov Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vaziri etib tayinlandi.

Shayxontohur tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Zohidov ushbu lavozimda deyarli ikki yildan buyon ishlab kelayotgan Behzod Musayevni almashtirdi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan qurilish industriyasi va qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi. Prezident tomonidan kuni kecha imzolangan ikki muhim hujjatga ko’ra, 2024-yil ichida 500 ming, 2025-yilda esa yana 1 million odamni kambag‘allikdan…

Batafsil

O’zbekistonliklar uchun Xorvatiyada ish taklif etilmoqda. Ish haqi 1000 yevrodan.

Dastlab 18-50 yosh oralig‘ida hamda 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lganlar uchun qurilish sohasida ish taklif qilinmoqda.  Qolipchi (опалубщик), armaturachi (арматурщик), parket yotqizuvchi (паркетчик), shtukaturkachi (штукатурщик), kranchi (крановщик), ekskavatorchi (экскаваторщик) kabi yo‘nalishlarda nomzodlar ko’rib chiqilmoqda deb xabar bermoqda Migratsiya agentligi.   1000 yevrodan boshlab taklif etilayotgan ishlar uchun nomzodlar 18-50 yosh oralig‘ida bo‘lishlari, sohada kamida 1…

Batafsil

Sem Altman Sun’iy idrok rivojlanishining nechta bosqichini ko‘rayotganini aytib o‘tdi

2-darajadan 3-darajaga o‘tish yaqin kelajakda kutilmoqda, bu esa sun’iy intellekt texnologiyalarining keyingi taraqqiyotini sezilarli darajada tezlashtirib yuboradi. 1-daraja chat-botlar: asosiy vazifasi – foydalanuvchilarning so‘rovlariga javob berib, oddiy matnli suhbatlarni olib borish. 2-daraja fikrlash qobiliyatiga ega AI: murakkab ma’lumotlarni tahlil qilish va xulosa chiqarish imkoniyati. Bu darajaga hozirgi vaqtda erishilgan. Biz ayni paytda shu bosqichdamiz! 3…

Batafsil

«Korzinka» do’konlar tarmog’i Germaniya investitsiya va rivojlanish jamiyatidan 25 million dollar jalb qildi

Kompaniya ushbu mablag’lar bilan Toshkentda zamonaviy taqsimlash-tarqatuv markazini quradi. «Korzinka» jalb qilingan mablag‘larni kompaniyaning o‘sish strategiyasini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida Toshkentda zamonaviy taqsimlash-tarqatuv markazini qurishga yo‘naltiradi. «49 000 m2 maydonga ega yangi taqsimlash-tarqatuv markazi “Korzinka” logistika tizimining muhim bo‘g‘iniga aylanadi. U butun mamlakat bo‘ylab do‘konlarimizga yanada samaraliroq xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. Tovarlarni saqlash va yetkazib berish…

Batafsil

O‘zbekistonliklar uchun Germaniyada ishchi vizalarini olish jarayoni soddalashtirilmoqda

Germaniya O‘zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish va o‘qitishni qo‘llab-quvvatlashga oid yangi tashabbuslarni boshladi. 15-sentabr kuni O‘zbekiston va Germaniya tomonlari ish vizalarini olishni yengillashtirish masalasini muhokama qildilar. Bundan tashqari, Toshkent shahrida Aaxen universiteti klinikasi bilan hamkorlikda hamshiralar akademiyasini ochish rejalashtirilmoqda. Ushbu loyiha nemis klinikalarida faoliyat yuritmoqchi bo‘lgan tibbiyot xodimlarini tayyorlashni osonlashtiradi. Bitiruvchilar Germaniyada ish topish imkonini beruvchi…

Batafsil

Mikromoliya tashkilotlari tomonidan mijozlarga xorijiy valyutada moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga ruxsat berilishi mumkin.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilinmoqda. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati o‘z telegram kanalida xabar berdi. Qonun loyihasiga ko‘ra, kafolat berish faoliyatini professional asosda amalga oshiruvchi tashkilotni yaratish imkoniyati taqdim etilmoqda. Shuningdek, mikromoliya tashkilotlariga mijozlarga xorijiy valyutada moliyaviy xizmatlar…

Batafsil

“Vatandosh” intellektual klubining O’zbekistonda islom moliyasi istiqbollariga bag’ishlangan navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

7-sentabr kuni «Vatandosh» intellektual klubining «O’zbekistonda islom moliyasi: imkoniyat va to’siqlar» mavzusida navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. So’nggi yillarda ushbu soha rivojlanishi uchun bir qancha ishlar amalga oshirilganligi hamda sohada qilinishi lozim bo’lgan ishlar bo’yicha qizg’in va munozaralarga boy uchrashuvda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi boshqarma boshlig’i o’rinbosari Begzodov Sanjar, Venchur moliya, investitsiyalar va islom moliyasi…

Batafsil

Oddiy dispecherlikdan AQShdagi kompaniya menejerligigacha – Husanboy Nasretdinov hikoyasi

Husanboy Nasretdinov hozirda AQShda logistika yo‘nalishida faoliyat yuritmoqda. U Cargo Prime transport-logistika kompaniyasida operatsion menejer lavozimida ish boshlaguniga qadar ham bu sohada dispecher, ta’minot zanjiri menejeri kabi vazifalarda mehnat qilib, tajriba to‘plagan: “Logistikada ishlashni O‘zbekistonda, universitetda o‘qib yurgan vaqtlarimda boshlaganman. U paytlar oddiy talabaman, ota-onamdan uzoqda yashayman. Tabiiyki, puldan qiynalib qolgan vaziyatlarim ham bo‘lib turardi….

Batafsil
Back To Top