Shayxontohur tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Zohidov ushbu lavozimda deyarli ikki yildan buyon ishlab kelayotgan Behzod Musayevni almashtirdi.

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan qurilish industriyasi va qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Prezident tomonidan kuni kecha imzolangan ikki muhim hujjatga ko’ra, 2024-yil ichida 500 ming, 2025-yilda esa yana 1 million odamni kambag‘allikdan chiqarishga mo‘ljallangan «Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturi boshlanmoqda.
Lekin, Bandlik vazirligining hozirgi faoliyati bu maqsadlarga erishish uchun yetarli emasligi ta’kidlandi. Shu sababli, Botir Zohidov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
Vazirlikning ish yuritishi tubdan o’zgarishi belgilandi. Mahallabay agentligining faoliyati to’xtatiladi va uning barcha funksiyalari, shuningdek, hokim yordamchilarining vazifalari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga o’tkaziladi.
#tayinlov #behzodmusayev #botirzohidov