Umid xonachasi – tizimni o‘zgartirgan loyiha. “Tvori Dobro” – Andijon harakati asoschisi Gavxaroybonu Abdukarimova bilan suhbat
Gavxaroybonu Abdukarimova haqida gapirganda odam bir narsani tez anglaydi. Bu hikoya chiroyli so‘zlarga emas, ichki ishonch va ko‘rgan og‘riqlardan tug‘ilgan mas’uliyatga tayangan. Qayerda bolaning qo‘rquvi boshlansa, kattalar shu yerga yorug‘lik olib kirishi kerak degan qarash qahramonimiz tanlagan yo‘lning asosida yotadi. Gavxaroybonu Andijonda, sharoitlari haminqadar, lekin ulkan orzularga to‘la hududda ulg‘aygan. U juda erta ishlashni boshladi,…