Oddiy dispecherlikdan AQShdagi kompaniya menejerligigacha – Husanboy Nasretdinov hikoyasi
Husanboy Nasretdinov hozirda AQShda logistika yo‘nalishida faoliyat yuritmoqda. U Cargo Prime transport-logistika kompaniyasida operatsion menejer lavozimida ish boshlaguniga qadar ham bu sohada dispecher, ta’minot zanjiri menejeri kabi vazifalarda mehnat qilib, tajriba to‘plagan: “Logistikada ishlashni O‘zbekistonda, universitetda o‘qib yurgan vaqtlarimda boshlaganman. U paytlar oddiy talabaman, ota-onamdan uzoqda yashayman. Tabiiyki, puldan qiynalib qolgan vaziyatlarim ham bo‘lib turardi….