2024-yilda kiberjinoyatchilar 603 mlrd so‘mlik mablag‘ni o‘g‘irladi
So‘nggi besh yilda O‘zbekistonda kiberjinoyatlar soni 68 barobarga oshgan. Bu haqda 29-may kuni IIV Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish markaziga uyushtirilgan matbuot safarida ma’lum qilingan. 2024-yilda kiberjinoyatlar soni 2023-yilga nisbatan 9,1 barobar ortgan. Shu davrda kibermakondagi huquqbuzarliklar bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar soni 34 barobarga ko‘paygan. 2021−2024 yillarda kiberjinoyatlar natijasida fuqarolarning 1,9 trln so‘mdan ortiq…