Moliya
mamlakat iqtisodiyoti, moliya sohasidagi yangiliklar, ularning tahlili va tavsiyalar
Venchur fondlari nima? Bu haqda bilasizmi?
So‘nggi vaqtlarda banklar venchur fondlari tashkil etayotgani haqidagi xabar tez-tez uchramoqda. Bugun ularning maqsadi va faoliyati bilan tanishamiz! Venchur fondlari – yuqori daromad olish umidida yangi va tez rivojlanayotgan startaplarga sarmoya kiritadigan investorlar jamg‘armasi. Bunday fondlar, asosan, texnologiya, IT, biotech va fintech sohalaridagi innovatsion kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Venchur kapital fondlari qanday ishlaydi? Kapital jalb qilish —…
Sayohat qilganingizda keshbek qaytariladi. Bilasizmi?
“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida respublika hududlari bo‘ylab ichki sayohatlarni amalga oshirgan O‘zbekiston fuqarolariga xarajatlarining bir qismi qaytarib beriladi. Bu tartib 2022-yil sentabr oyida boshlab joriy etilgan. Buni qanday qilish mumkin? Sayohat qilganda sarflagan pullaringizni bir qismini qaytarib olish uchun quyidagi amallarni bajarishingiz kerak: Keshbeklar sayohat davomida quyidagilar amalga oshirilganda qaytariladi: Xarajatlarning qancha qismi…
Xitoy va AQSh savdo urushi: Oʻzbekistonga qanday ta’sir qiladi?
So‘nggi yillarda AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi dunyo iqtisodiyotiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. 2018-yilda boshlangan bu mojaro natijasida AQSh Xitoy mahsulotlariga qo‘shimcha bojlar joriy etdi, Xitoy esa bunga javoban AQSh mahsulotlariga bojlarni oshirdi. Bu keskinlik global iqtisodiy o‘sishga zarar yetkazdi, investorlarning ishonchi pasaydi va xalqaro savdo yo‘nalishlari o‘zgara boshladi. Bundan tashqari, Xitoyning yangi sun’iy intellekti…
Kontrakt to’lovining 12 foizi qaytarilishini bilasizmi?
OTMlarda oʻqiyotgan talabalar toʻlagan kontrakt pulidan yoki xususiy bog’cha va maktablar uchun qilingan to’lovlardan 12% qaytarib olish mumkin. Buning uchun hech qanday ovoragarchilik kerak emas, shunchaki Soliq mobil ilovasidan foydalanish kifoya. Biznesreport.uz ushbu ketma-ketlikni tushuntiradi: 1. Soliq mobil ilovasini yuklab oling va FaceID orqali shaxsingizni tasdiqlang; 2. Ilovadan «Soliqlarim» bo’limiga kiring; 3. «Soliq imtiyozini qaytarish»…
Davlatlar qarzni qayerdan oladi?
Odatda davlatlar turli sohalarni rivojlantirish yoki barqarorlikni saqlash uchun qarz olishlariga to’g’ri keladi. Biroq ularga buni kim beradi? Biznesreport.uz sizga qarzlar qayerdan olinishi haqida tushuntiradi. Davlat qarzlari 2 xil bo’ladi: mahalliy va tashqi manbalar orqali. Ichki qarzlar: Davlat obligatsiyalari va qimmatli qog’ozlar Bunda hukumat oʻz fuqarolari va mahalliy tashkilotlardan qarz oladi. Misol uchun, davlat tomonidan…
IFC O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energiya uchun $240 mln ajratadi
O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energiya loyihalarini rivojlantirish uchun Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) ACWA Power kompaniyasiga $240 million miqdorida murobaha ko‘rinishida pul ajratadi. Bu haqda Saudiya Arabistonidagi Future Investment Institute’ning sakkizinchi konferensiyasi doirasida e’lon qilindi. Mazkur investitsiya O‘zbekistonda 1 GVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi, 668 MVt quvvatga ega energiya saqlash tizimi va 500 kilometr uzunlikdagi yuqori…
Byujet 2025: O’zbekistonda mol-mulk va yer solig’i miqdori oshiriladi
2025-yilda ayrim turdagi soliq miqdori oshirilishi taklif etilmoqda. Bu haqida Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan byujetnomada keltirilgan. Unga ko’ra, 2025-yil 1-apreldan boshlab neft mahsulotlari uchun to‘lanadigan aksiz soliq stavkalarini 10% ga oshirish rejalashtirilmoqda. Vazirlikning qayd etishicha, ushbu soliq stavkalarining oshirilishi neft mahsulotlari chakana narxiga sezilarli darajada taʼsir ko‘rsatmaydi. Kelasi yil 1-yanvardan yuridik va…
«Korzinka» do’konlar tarmog’i Germaniya investitsiya va rivojlanish jamiyatidan 25 million dollar jalb qildi
Kompaniya ushbu mablag’lar bilan Toshkentda zamonaviy taqsimlash-tarqatuv markazini quradi. «Korzinka» jalb qilingan mablag‘larni kompaniyaning o‘sish strategiyasini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida Toshkentda zamonaviy taqsimlash-tarqatuv markazini qurishga yo‘naltiradi. «49 000 m2 maydonga ega yangi taqsimlash-tarqatuv markazi “Korzinka” logistika tizimining muhim bo‘g‘iniga aylanadi. U butun mamlakat bo‘ylab do‘konlarimizga yanada samaraliroq xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. Tovarlarni saqlash va yetkazib berish…
“Vatandosh” intellektual klubining O’zbekistonda islom moliyasi istiqbollariga bag’ishlangan navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
7-sentabr kuni «Vatandosh» intellektual klubining «O’zbekistonda islom moliyasi: imkoniyat va to’siqlar» mavzusida navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. So’nggi yillarda ushbu soha rivojlanishi uchun bir qancha ishlar amalga oshirilganligi hamda sohada qilinishi lozim bo’lgan ishlar bo’yicha qizg’in va munozaralarga boy uchrashuvda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi boshqarma boshlig’i o’rinbosari Begzodov Sanjar, Venchur moliya, investitsiyalar va islom moliyasi…
2021 йил 1 февралдан бюджет ташкилоти ходимларининг ойликлари 10% га оширилади
Президент Шавкат Мирзиёвнинг 2020 йил 30 декабрдаги қарори билан 2021 йил 1 февралдан БҲМ, нафақалар, иш ҳаққининг минимал миқдори, стипендиялар 10% га оширилади. Қарорга кўра 2021 йил 1 февралдан бюдет ташкилотлари ишчиларининг ойлик маоши, талабаларнинг стипендияси 10%га оширилади. Бундан ташқари қуйидагилар ўзгаради: меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдори – ойига 747 300 сўм (ҳозирда 679 330…