Old yon oynalarini qoraytirish bepul bo‘lmaydi — YHXX

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda avtomobillarning old yon oynalarini qoraytirganlik uchun to‘lovlar bepul bo‘lishi haqida xabarlar tarqalmoqda. YHXX axborot xizmati rahbari Zoir Yo‘ldoshev buni rad etdi. Zoir Yo‘ldoshevning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, haydovchilar uchun bir qator yaxshi yangiliklar aks etgan qaror loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan, ammo gap avtomobillarning old oynalarini qoraytirish bepul bo‘lishi yoki arzonlashishi haqida ketmayapti. O‘zbekistonda…

Batafsil

Shaxsiy budjetni izdan chiqaruvchi 3 ta odat

Har oy daromad olayotgan bo‘lsangiz ham, oylik pulingiz tez tugab qolayotganini sezganmisiz? Bu ko‘pincha byudjet yuritilmasligi yoki ayrim noto‘g‘ri odatlar sababli sodir bo‘ladi.  Quyida shaxsiy byudjetni izdan chiqaruvchi 3 ta keng tarqalgan odat va ularni qanday oldini olish mumkinligi haqida gaplashamiz. 1. His-tuyg‘uga berilib xarid qilish Ko‘pchilik odamlar o‘zini xursand qilish, stressdan qutulish yoki sovrin…

Batafsil

Aprel oyida avtomobil bozori qanday o‘zgardi?

Joriy yilning aprel oyida O‘zbekistonda avtotransport vositalari savdosi 17% ga o‘sib, 90 ming donani tashkil etdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar bermoqda. Yengil avtomobillar savdosi hajmi ham 20 foizga oshib, 77 mingtaga yetdi. Hududlar bo‘yicha sotuvlarning eng katta o‘sishi Sirdaryo viloyatida (34%), Toshkent shahrida (32%) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (29%) qayd etildi. Birlamchi…

Batafsil

Toshkent Bosh rejasi, JSTga a’zolik va Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-may kuni Toshkent shahrida rejalashtirilgan renovatsiya va investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.  Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan bosh rejasi tasdiqlangan edi. Bosh rejaga ko‘ra, poytaxtimiz hududi 3 ta – konservatsiya, rekonstruksiya va renovatsiya zonalariga ajratilgan. Bosh rejada 300 dan ortiq renovatsiya manzili belgilangan. 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan birinchi bosqichda…

Batafsil

Fitch ratings: Davlat banklarini xususiylashtirish yana kechikishi mumkin

Fitch Ratings xalqaro reyting agentligining Toshkentda yaqinda o‘tkazilgan konferensiyasida ta’kidlanishicha, 2020-yildan buyon O‘zbekiston bank sektorida olib borilayotgan ishlari natija ko’rsatmoqda.  Eng muhim yutuqlardan biri sifatida 2023-yilda yirik davlat banklaridan biri — Ipoteka-bank (BB-/Barqaror)ning Vengriyada joylashgan OTP Group’ga muvaffaqiyatli xususiylashtirilgani qayd etildi. Shuningdek, xususiylashtirilishi rejalashtirilgan boshqa banklarda ham boshqaruv sifati va korporativ boshqaruv sezilarli darajada yaxshilangan….

Batafsil

Pulni qanday saqlash kerak? Naqd yoki karta?

O’zbekistonda allaqachon naqdsiz to’lovlar tizimi tez rivojlanib, bank kartalari va elektron to’lovlar kundalik hayotning ajralmas qismiga aylandi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, 2024-yil boshiga kelib plastik kartalar soni 46,2 million donaga yetdi va terminallar orqali to’lovlar hajmi 254 trillion so’mdan oshdi.  Biroq, naqd pul hali ham muhim ahamiyatga ega bo’lib, bank kassalari orqali berilgan naqd pullar hajmi…

Batafsil

Aprel oyida aholining inflyatsion kutilmalari 14,2% darajasida qoldi

Joriy yil aprel oyida O‘zbekiston aholisining kelgusi 12 oylik inflyatsion kutilmalari martdagi darajasida qolib, 14,2% ga teng bo‘ldi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida yozilgan. Aholi kutilmalari Markaziy bank so‘rovlariga ko‘ra, o‘tgan oyda aholi orasida narxlar oshishiga taʼsir qiluvchi omillar sifatida yoqilg‘i va energiya resurslari, transport xarajatlari qimmatlashishini qayd etganlar ko‘paygan. Narx-navo o‘sishiga valyuta kursi o‘zgarishi, asosiy…

Batafsil

Qaysi davlat eng ko’p pul chiqardi?

2024-yilda jahon bo’yicha bir qator davlatlar o’z iqtisodiyotida pul massasini keskin oshirdi. Bu esa narxlar o’sishi (inflyatsiya), valyuta qadrsizlanishi va aholining sotib olinishiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. «Money Supply Growth» (ya’ni keng ma’nodagi pul massasi M2/M3) ko’rsatkichlariga tegishli ushbu ro’yxatlarga 2023-yil dekabrdan 2024-yil dekabriga qadar bo’lgan davrda har bir davlatda pul massasi qancha foizga ko’payganini ochib…

Batafsil

OTB O‘zbekistonda $3,6 mlrdlik loyihalar amalga oshiradi

O‘zbekistonda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) ishtirokida 23 ta yangi loyihani amalga oshiradi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 2025-yil 6−7 may kunlari Italiyaning Milan shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 58-yillik yig‘ilishida O‘zbekiston delegatsiyasi Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev rahbarligida ishtirok etdi. Tashrifning asosiy natijasi — 2025−2026 yillar davomida OTB Boshqaruvchilar kengashi…

Batafsil

Endi blogerlar ham soliq to’lashi mumkin

O‘zbekistonda onlayn-platformalar va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish bo‘yicha yangi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etildi. Qonunning maqsadi – internet foydalanuvchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda bu boradagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish. Mazkur loyiha rasmiy OAV veb-saytlariga taalluqli emas, ular uchun alohida qonun amal qiladi. Qonun loyihasida bir qator tushunchalarga aniqlik kiritildi. Xususan:…

Batafsil
Back To Top