
2025-yil may oyida O‘zbekiston Markaziy bankining oltin-valyuta zaxiralari $410,2 mlnga oshib, rekord darajaga — $49,66 mlrdga yetdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, chet el valyutasidagi zaxiralar $11 mlrddan $11,4 mlrdgacha ko‘paygan. Xalqaro qimmatli qog‘ozlar hajmi ham o‘sib, bir oyda $703,9 mlndan $706,3 mlnga yetgan.
Shuningdek, zaxiralardagi oltinning qiymati $2,2 mlnga ortib, $37,6 mlrdni tashkil etdi. Bu jismoniy hajm 11,5 mlndan 11,4 mln troy unsiyagacha kamayganiga qaramay yuz berdi. May oyida oltin narxi 0,2% ga pasayib, bir unsiya uchun $3 284,6 bo‘lgan.
“Goldman Sachs” kompaniyasi esa oltinga nisbatan ijobiy prognozini saqlab qolmoqda. Asosiy ssenariyga ko‘ra, 2025-yil oxiriga kelib oltin narxi bir unsiya uchun $3,7 ming, 2026-yil o‘rtalariga borib esa $4 mingga yetishi kutilmoqda.