
“Toshkent metropoliteni” Qurbon hayiti bayrami kunlari poyezdlar qatnovi hamda metro ish vaqti bo‘yicha ma’lumot berdi.
Qayd qilinishicha, 6 iyun – Qurbon hayiti kuni yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent metropoliteni odatdagidan ikki soat oldin, ya’ni, tonggi soat 3:00 dan ish faoliyatini boshlaydi. Bundan tashqari, Qurbon hayiti bayrami kunida Toshkent metropoliteni soat 3:00 dan 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi.
Shuningdek, bayram munosabati bilan belgilangan boshqa dam olish kunlarida quyidagicha tartibda poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi:
– 7 iyun — shanba kuni uchun belgilangan jadval bo‘yicha;
– 8 iyun — yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan xizmat ko‘rsatiladi.
Shuningdek, 6-iyun kuni Toshkent shahrining ayrim ko’chalarida harakat soat 00:00 dan 08.00 gacha cheklanadi.
Xususan, poytaxtning quyidagi ko‘chalari va yo‘llarida harakatlanib bo’lmaydi:
Mirzo Ulug‘bek tumani
- “To‘ra buva” masjidi oldidagi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi – Sho‘rtepa ko‘chasidan, Buyuk Ipak yo‘li – Sultoniya ko‘chasigacha.
Bektemir tumani
- “Xo‘ton” masjidi oldidagi Bektemir shoh ko‘chasi – Xusayn Boyqaro ko‘chasidan , Bektemir yo‘li ko‘chasigacha.
Olmazor tumani
- “Islomobod” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi, KXAY – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Nurafshon – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasigacha;
- “Hazrati imom” masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasi, Qorasaroy – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan, Qorasaroy – Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasigacha;
- “Do‘stjonboy” masjidi oldidagi Sag‘bon – Sag‘bon 12-tor ko‘chalari kesishmasidan, Keles yo‘li – Noraztepa ko‘chalari chorrahasigacha.
Shayxontohur tumani
- “Shayx Zayniddin” masjidi oldidagi Ko‘kcha Darvoza – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan, Ko‘kcha Darvoza – Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasigacha;
- “Xo‘ja Allambardor” masjidi oldidagi Bunyodkor – Kamolon ko‘chalari chorrahasidan, Kamolon – Ustazoda 2-tor ko‘chalari chorrahasigacha;
- “Kox ota” masjidi oldidagi Sebzor ko‘chasi, Nurafshon – Sebzor ko‘chalari chorrahasidan, Nurafshon – Labzak ko‘chalari chorrahasigacha.
Chilonzor tumani
- “Ubay ibn Ka’b” masjidi oldidagi Al Xorazmiy ko‘chasi, Al Xorazmiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan, Al Xorazmiy – Katta qani chorrahasigacha;
- “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi oldidagi So‘galli ota ko‘chasi, Al Xorazmiy – So‘galli ota ko‘chalari kesishmasidan, Xonabod 2-berk ko‘chasidan – So‘galli ota ko‘chasigacha;
- “Novza” masjidi oldidagi Bunyodkor – Muqimiy ko‘chalari kesishgan ko‘prik ostidan, Oliy Majlis binosi qarshisigacha.
Uchtepa tumani
- “Abdulloh ibn Ma’sud” masjidi oldidagi Lutfiy ko‘chasi, Lutfiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan, Lutfiy – Katta qa’ni ko‘chalari chorrahasigacha;
- “Hazrati Ali” masjidi oldidagi Nazarbek – Mahorat ko‘chalari chorrahasidan, Nazarbek – Zamaxshariy 1-tor ko‘chalari chorrahasigacha.
Yunusobod tumani
- “Minor” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi, KXAY – Ko‘rgazma ko‘chalari chorrahasidan, KXAY – Sh.Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha;
- “Mirzo Yusuf” masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasidan, Shivli ko‘chasigacha.
Yakkasaroy tumani
- “Usmon bin Ma’zun” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi, KXAY – Qushbegi chorrahasidan, KXAY – Fayzli Toshkent ko‘chalari chorrahasigacha.
Sergeli tumani
- “Nurul Islom” masjidi oldidagi TXAY – Fayzli Toshkent ko‘chalari chorrahasidan, TXAY – Qumariq ko‘chalari chorrahasigacha.
Yashnobod tumani
- “Islom ota” masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, Farg‘ona yo‘li – Fitrat ko‘chalari chorrahasidan, Farg‘ona yo‘li – Tolimarjon ko‘chalari chorrahasigacha.
Mirobod tumani
- “Qo‘yliq ota” masjidi oldidagi TXAY ko‘chasi – Qo‘yliq bozori ko‘prik ostidan, TXAY – Munis ko‘chalari chorrahasigacha cheklanadi.