Voyaga yetmaganlar bank kartalari ochishlari mumkin bo‘ladi

Prezident qaroriga ko‘ra, endi O‘zbekistonda voyaga yetmaganlarning bank hisoblari va kartalarini ochish bo‘yicha aniq talablar ishlab chiqiladi. Banklar ota-onalarni farzandlari bilan bog‘liq shubhali (frod) tranzaksiyalar haqida xabardor qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yadi. Shuningdek: “Kiberxavfsizlik markazi” tergov doirasida kiberjinoyatlar yuzasidan xulosa beradi,va maxsus Kiberjinoyatlarga qarshi kurash markazi tashkil qilinadi.⠀Eng muhim yangiliklardan biri – banklar yoki to‘lov tashkilotlari…

Batafsil

Qog‘oz samolyotlardan biznes muvaffaqiyatigacha

Xatolar – muvaffaqiyat sari birinchi qadam Oddiygina sinf mashg‘uloti — qog‘ozdan samolyot yasash — kelajakda muvaffaqiyatli tadbirkor yoki rahbar bo‘lish uchun qanday ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin? Bir qarashda bu mashg‘ulot o‘yin yoki kulguli tuyuladi. Ammo aslida, bu kichik tajriba bugungi kunda tez o‘zgarayotgan va kuchli raqobat mavjud bo‘lgan bozor sharoitida muvaffaqiyat qozonishning asosiy tamoyillarini o‘rgatadi….

Batafsil

Ish haqingiz kechiktirilganda foiz undirilishini bilasizmi?

Faoliyatingiz davomida ish haqingiz kechiktirilganmi? Ko‘pincha bu holatda shunchaki sabr qilib, pulingiz kartaga tushishini kutgandirsiz?! Aslida mehnat qonunchiligiga ko‘ra, ish beruvchi nafaqat oylikni to‘lashi, balki har bir kechikkan kun uchun sizga qo‘shimcha pul – kompensatsiya ham to‘lashi shart. Keling, birgalilkda bilib olamiz! Bandlik vazirligining xabariga koʻra, Mehnat kodeksining 333-moddasida ish beruvchi ish haqini, taʼtil toʻlovlarini, mehnat…

Batafsil

Gibrid va benzinli avtomobillar: qaysi biri iqtisodiy jihatdan foydaliroq?

Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda mamlakatga kirib kelgan avtomobillar orasida elektr va gibrid avtomobillar soni ilk bor benzinli avtomobillar hajmidan oshib ketgan. Xususan, elektr avtomobillarining importi esa 16 mingdan 24 ming donagacha ko‘paygan. Gibrid mashinalar importi esa 42 foizga o‘sib, 17,48 ming donaga yetgan. Bozordagi ushbu tendensiyalar fonida ko‘pchilik avtomobil xaridorlari uchun asosiy savol yuzaga…

Batafsil

O‘zbekistondagi eng faol va eng faol bo‘lmagan banklar indeksi yangilandi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2025-yilning birinchi choragi uchun O‘zbekistonning 35 ta tijorat bankiga oid “Banklar faolligi indeksi”ni yangiladi. Banklar faoliyat hajmiga qarab 20 ta yirik va 15 ta kichik toifalarga ajratilga Yirik banklar 2025-yildan boshlab yangilangan tasniflash reglamentiga ko‘ra, yirik banklar guruhida o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Jumladan, “Davr bank”, “Tenge bank” va “Anor bank” endilikda…

Batafsil

Moliyaviy piramidalar: investitsiyami yoki tuzoq?

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda va dunyo bo‘ylab «investitsiya» nomi ostida ko‘plab moliyaviy sxemalar paydo bo‘ldi. Ularning ayrimlari haqiqiy biznesga asoslangan bo‘lsa-da, ko‘pchiligi oddiy fuqarolarni aldashga qaratilgan moliyaviy piramidalardan boshqa narsa emas. Firibgarlikning bu shakli jamiyatda tobora kengayib borayotgani xavotirli. Moliyaviy piramida nima? Moliyaviy piramida – bu yasalma investitsiya sxemasi bo‘lib, unda dastlab tizimga kirganlarga keyinroq kirganlarning…

Batafsil

Telegramda yangilanishlar: himoyalangan audio, video qo‘ng‘iroqlar va muzlatilgan hisob

“Telegram” jamoasi messenjerning yangi versiyasini taqdim etdi. Joriy yangilanish ishonchli himoyalangan, foydalanish oson guruhli chaqiruvlarni taqdim etadi. Shuningdek, Telegram Business hisoblari uchun toʻliq avtomatlashtirish imkonini beruvchi katta yangilanish, foydalanuvchilar uchun yangi hadya variantlari, hisob cheklovlariga eʼtiroz bildirishning oddiyroq usuli va boshqalarni oʻz ichiga oladi.  Xavfsiz guruhli chaqiruvlar Telegram endi guruh chatisiz ham boshidan oxirigacha shifrlangan konferensiya…

Batafsil

Dilmurod Yusupov: Ijtimoiy tadbirkorlik xayriya emas, biznes yondashuv

«Sharoit Plus» loyihasi — nogironligi bo‘lgan insonlarning mehnat bozorida munosib o‘rin egallashiga yordam berishga qaratilgan platforma. Bu loyiha asoschisi Dilmurod Yusupov, o‘z faoliyatida ijtimoiy tadbirkorlik yondashuvini amalga oshirib, jamiyatda o‘zgarishlar yaratishni maqsad qilgan. Intervyu davomida loyiha qanday boshlangani, jamoaning roli, rahbar pozitsiyasi va ijtimoiy tadbirkorlik haqida suhbatlashdik. «Ish Plus» loyihasini tashkil qilishga nima turtki bo’ldi?…

Batafsil
Back To Top