
So‘nggi besh yilda O‘zbekistonda kiberjinoyatlar soni 68 barobarga oshgan. Bu haqda 29-may kuni IIV Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish markaziga uyushtirilgan matbuot safarida ma’lum qilingan.
2024-yilda kiberjinoyatlar soni 2023-yilga nisbatan 9,1 barobar ortgan. Shu davrda kibermakondagi huquqbuzarliklar bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar soni 34 barobarga ko‘paygan.
2021−2024 yillarda kiberjinoyatlar natijasida fuqarolarning 1,9 trln so‘mdan ortiq mablag‘lari o‘g‘irlangan. Faqatgina 2024-yilning o‘zida yetkazilgan zarar 603 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Agar 2019-yilda axborot texnologiyalari orqali 18 turdagi 863 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, 2024-yilda 62 turdagi 58,8 mingta jinoyat qayd etildi. Umumiy jinoyatchilikda kiberjinoyatlarning ulushi sezilarli darajada oshgani kuzatilmoqda, bu esa ularning oldini olish masalasini yanada dolzarblashtirmoqda, — dedi markaz rahbari Bekzod Mamajonov.
Uning aytishicha, 2023-yilda kiberjinoyatlarning umumiy jinoyatchilikdagi ulushi 6,2% ni tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yilda bu ko‘rsatkich 44,4% ga yetgan. Kiberjinoyatlarning asosiy qismi (98%) bank kartalari bilan bog‘liq bo‘lib, ular kibero‘g‘irlik va kiberfiribgarlikni o‘z ichiga oladi.
Kiberjinoyatlar ko‘pincha quyidagi usullar bilan sodir etiladi:

Kiberjinoyatchilik markazi ma’lum qilishicha, bu turdagi jinoyatlarning oldini olish uchun bir qator huquqiy va tashkiliy-texnik choralar ko‘rilmoqda.
Akkauntlaringizni qanday himoya qilishni bilasizmi? Bu yerda o’qing!
Shuningdek, Ijtimoiy tarmoqlarda moliyaviy xavfsizlik: 7 muhim tavsiya bilan tanishing!