
Google yangi sun’iy intellekt modeli — Veo 3’ni taqdim etdi. Bu texnologiya matn asosida video va ovoz yaratadi. Eng asosiysi, video va audio bir-biriga moslab sinxronlashtiriladi, ya’ni foydalanuvchiga bu bilan shug‘ullanishga hojat qolmaydi.
Veo 3 yordamida nimalar qilish mumkin?
- Vizual effektlar, fonlar va dialoglar avtomatik yaratiladi;
- Sun’iy intellekt sahna mazmunini o‘zi tushunadi va unga mos ovoz tanlaydi;
- Foydalanuvchi ovoz ohangi, personaj va muhit tasvirini o‘zi belgilashi mumkin.

Google barcha yaratilgan videolarga SynthID deb ataladigan yashirin belgini qo‘shadi. Bu ularni soxta video (dipfeyk) sifatida ishlatishni qiyinlashtiradi.
Xizmat narxi qancha?
Veo 3 modeli hozirda Gemini ilovasining AI Ultra tarifida mavjud bo‘lib, oylik narxi $249 deb belgilangan.
Shuningdek, Google ijodkorlar uchun Flow nomli yangi vositani ham taqdim etdi. U orqali foydalanuvchilar sahna yoki qahramon tasvirini yuklashi yoki matn orqali yaratishi mumkin. Bu obrazlardan boshqa sahnalarda ham foydalanish mumkin bo‘ladi.
Flow faqat AQShdagi foydalanuvchilarga mo‘ljallangan. U:
- AI Pro tarifida (oyiga $19.99) — 100 ta video yaratish imkoniyati;
- AI Ultra tarifida — hozircha cheklovsiz foydalanish imkonini beradi.