2025-yilning birinchi choragida aholiga 34,9 trln so‘mlik kredit ajratildi — Markaziy bank

Markaziy bank tahliliga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–mart oylarida aholiga jami 34,9 trln so‘mlik kredit ajratilgan bo‘lib, bu 2024-yilning shu davriga nisbatan 74% ga ko‘p hisoblanadi.

Aholiga berilayotgan kreditlarning bunday sur’atda oshishi aholining daromadlari o‘sib borayotgani, shuningdek, ipoteka kreditlari, mikroqarzlar va mikrokreditlarga bo‘lgan talab ortgani bilan izohlanadi.

Kredit turiUlushi (%)O‘tgan yilga nisbatan o‘zgarish
Mikroqarzlar53,6%2,3 barobar oshgan
Mikrokreditlar15,6%1,9 barobar oshgan
Ipoteka kreditlari12,8%26,3% ga oshgan
Avtokreditlar10%17,6% gacha kamaygan
Boshqa kreditlar8%
Kredit kartalari orqali3,3 barobarga ko‘paygan

Markaziy bank prognozlarida aytilishicha, aholiga ajratilayotgan kreditlar hajmining keskin o‘sishi kelajakda ularning moliyaviy barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

2025-yil mart oyida tijorat banklari tomonidan milliy valyutada ajratilgan kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi yil boshiga nisbatan 0,3% bandga pasayib, 23,1% ni tashkil etdi.

Ayniqsa, chakana kreditlar segmentida foiz stavkalarining kamayish tendensiyasi kuzatilib, ular 1,3% bandga pasayib, 23% darajasida belgilandi. Bunga qarama-qarshi ravishda, korporativ kreditlar bo‘yicha foiz stavkasi biroz oshib, 22,7% gacha yetdi.

Back To Top