Aprel oyida avtomobil bozori qanday o‘zgardi?

Joriy yilning aprel oyida O‘zbekistonda avtotransport vositalari savdosi 17% ga o‘sib, 90 ming donani tashkil etdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar bermoqda.

Yengil avtomobillar savdosi hajmi ham 20 foizga oshib, 77 mingtaga yetdi.

Hududlar bo‘yicha sotuvlarning eng katta o‘sishi Sirdaryo viloyatida (34%), Toshkent shahrida (32%) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (29%) qayd etildi.

Birlamchi bozor

Birlamchi avtomobil bozorida mart oyiga nisbatan 15% ga o‘sib, 26 ming donaga yetdi.

Ulardan 20,5 mingtasi mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar bo‘lib, bu o‘tgan oyga nisbatan 4% ga hisoblanadi.

Chet el avtomobillari

Yangi yengil xorijiy avtomobillar segmenti o‘sishda davom etdi, xususan, sotuvlar ikki baravar oshib, bir oyda 5,3 ming mashinani tashkil etdi.

Ikkilamchi bozor

Mart oyida faollik biroz pasayganidan so‘ng, sezilarli tiklanish kuzatilmoqda, o‘sish 22% ni tashkil etdi va sotuvlar hajmi 52 ming avtomobilga yetdi.

Elektromobillar

Aprel oyida elektromobillar savdosi mart oyiga nisbatan 10% ga kamaygan bo‘lsa-da, yillik hisobda bu segment ishonchli o‘sishda davom etmoqda. Shunday qilib, o‘tgan yilning aprel oyiga nisbatan elektromobillar savdosi 37% ga oshdi.

Back To Top