
2024-yilda jahon bo’yicha bir qator davlatlar o’z iqtisodiyotida pul massasini keskin oshirdi. Bu esa narxlar o’sishi (inflyatsiya), valyuta qadrsizlanishi va aholining sotib olinishiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
«Money Supply Growth» (ya’ni keng ma’nodagi pul massasi M2/M3) ko’rsatkichlariga tegishli ushbu ro’yxatlarga 2023-yil dekabrdan 2024-yil dekabriga qadar bo’lgan davrda har bir davlatda pul massasi qancha foizga ko’payganini ochib beradi.
The Economist’ning qayd qilishicha, eng yuqori o’sish Argentinada qayd etildi — mamlakatda pul massasi bir yil ichida 125,4 foizga oshdi. Oddiy qilib aytganda, har 100 peso yoniga yana 125 peso. Bu esa inflyatsiya, bozordagi narxlarning uchib ketishi va milliy valyutaning qadrsizlanishiga olib keladi.
Keyingi o’rinlarda Afrikadagi Gana (40,7%) va Nigeriya (40%) turibdi. Shuningdek, Turkiyada pul massasining o‘sishi 39%, O‘zbekistonda esa 30,6% bo‘lgan.
Ro‘yxatdagi boshqa davlatlar:
- Misr – 29,1%;
- Eron – 28,1%;
- Zambiya – 27,5%;
- Qozog‘iston – 19,2%;
- Rossiya – 18,4%.
Qanday ta’siri bor?
Bu raqamlar shunchaki statistik ko‘rsatkich emas. Pul ko‘paygani sari aholining real daromadi pasayadi, bozordagi mahsulotlar esa qimmatlashadi.
2024-yilgi reyting shuni ko‘rsatadiki, ko‘plab rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy muammolarni hal qilishda pul chiqarishni asosiy vosita sifatida tanlamoqda. Biroq, bu usul qisqa muddatda foydali bo‘lsa-da, uzoq muddatda iqtisodiy beqarorlikka olib kelishi ehtimoli yuqori.
Eslatib o’tamiz, avvalroq O’zbekistondagi inflyatsiya holati va uning oxirgi 5 yillikdagi statistikasi haqida material tayyorlagan edik.