
Hukumatning “Yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan, avtomashinani boshqarish jarayonida yo‘l harakati qoidabuzarliklarini sodir etish holatlarini jarima ballari asosida baholash tartibi tasdiqlandi. Yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jarima ballari “E-jarimaball” moduli orqali inson omilisiz avtomatlashtirilgan tartibda hisoblab boriladi.
12 oy mobaynida yo‘l harakati qoidalarini buzmagan haydovchilarga rag‘batlantirish tariqasida, keyingi davrda yo‘l harakati qoidalarini birinchi marta buzgani uchun birinchi jarima bali hisoblanmaydi. Haydovchilarning oxirgi huquqbuzarligi uchun jarima bali hisoblangan vaqtdan boshlab, ular 6 oy davomida yo‘l harakati qoidabuzarliklariga doir boshqa huquqbuzarlik sodir etmagan taqdirda, uning umumiy jarima ballaridan ikki jarima bali ayirib tashlanadi.
Agar haydovchilar jarima ballarining umumiy miqdori ikki jarima balidan kam bo‘lgan taqdirda, barcha jarima ballari ayirib tashlanadi hamda jarima ballarini hisoblash muddati birinchi huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdan yangidan boshlanadi. Qaror 2025-yil 1-iyundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Haydovchilar tomonidan sodir etilgan qaysi qoidabuzarlik uchun qancha jarima ballari hisoblanadi?
Texnik reglamentga muvofiq bo‘lmagan ko‘zgusimon va ruxsatnomasiz qoraytirilgan oynali transport vositalaridan foydalanganlik uchun 0,5 ball beriladi.
Shuningdek:
- Haydovchilarning belgilangan harakat tezligini 20 km/soatdan ko‘p bo‘lmagankattalikda oshirib yuborishi uchun 0,5 ball;
- Haydovchilarning belgilangan harakat tezligini 20 km/soatdan ko‘p, 40 km/soatdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborishi uchun 1 ball;

- Haydovchilarning belgilangan harakat tezligini 40 km/soatdan ko‘p, 60 km/soatdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborishi uchun 1,5 ball;
- Haydovchilarning belgilangan harakat tezligini 60 km/soatdan ko‘p, 80 km/soatdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborishi uchun 2 ball beriladi.

Haydovchilar uchun jarima ballari tizimi
2025-yil 20-fevral kuni “Yo‘l harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun qabul2025-yil 20-fevral kuni “Yo‘l harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun qabul qilindi. Qonun bilan jarima ballari 12 balldan oshgan haydovchilar transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinishi belgilandi.
O‘shanda Zoyir Yo‘ldoshov ushbu tizim ishga tushishi bo‘yicha “Daryo”ga izoh berib, qonun bilan 1 oy muddatda “12 ballik tizim” bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori ishlab chiqilishini bildirgandi.
Haydovchilarga tayinlanadigan 12 ballik jarima ballari faqat YPX inspektorlari tuzgan bayonnomalar asosida shakllanadi va ballarni hisoblash tizimi YHXXda inson omilisiz, avtomatlashtirilgan tarzda hisob-kitob qilinadi. qilindi. Qonun bilan jarima ballari 12 balldan oshgan haydovchilar transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinishi belgilandi.
O‘shanda Zoyir Yo‘ldoshov ushbu tizim ishga tushishi bo‘yicha izoh berib, qonun bilan 1 oy muddatda “12 ballik tizim” bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori ishlab chiqilishini bildirgandi.
Haydovchilarga tayinlanadigan 12 ballik jarima ballari faqat YPX inspektorlari tuzgan bayonnomalar asosida shakllanadi va ballarni hisoblash tizimi YHXXda inson omilisiz, avtomatlashtirilgan tarzda hisob-kitob qilinadi.