
PIN-kodlar — bu shaxsiy identifikatsion raqamlar bo‘lib, biz ulardan moliyaviy tranzaksiyalardan tortib mobil qurilmalar, bank kartalarigacha bo‘lgan ko‘plab tizimlarning xavfsizligini ta’minlashda foydalanamiz.
Ammo foydalanuvchilar tomonidan tanlanadigan PIN-kodlarning aksariyati oddiy va oson taxmin qilinadigan kombinatsiyalardan iborat bo‘ladi.
Bu safar eng koʻp ishlatiladigan PIN-kodlar haqida gaplashamiz.
“1234”
Bu raqam kombinatsiyasi dunyodagi eng ko’p ishlatiladigan PIN-kod hisoblanadi. DataGenetics kompaniyasining 3.4 million PIN-kodni o’z ichiga olgan tahlili shuni ko’rsatdiki, bu kod barcha to’rt xonali kodlarning 10.7% ni tashkil qiladi.
“1111” — takroriy raqamlar
«1111», «0000», «2222» kabi takroriy raqamli kodlar eng xavfli PIN-kodlar qatoriga kiradi. Yahoo ma’lumotlariga ko’ra, «1111» 2.0%, «0000» esa 1.8% holatlarda uchraydi. Bu kodlarni tanlash asosan ularni eslab qolish qulayligi bilan izohlanadi, ammo xavfsizlik jihatidan ularning foydalanishi kiberhujumlar riskini keskin oshiradi.
Tug’ilgan yillar va sanalar
1900-yillardagi tug’ilgan yillar (masalan, «1984», «1986», «1999») PIN-kod sifatida keng qo’llaniladi. Xususan, «1986» kodi eng ko’p uchraydigan 10 ta kod qatoriga kiradi. Shuningdek, oy/kun formatidagi kodlar (masalan, «1212» – 12-dekabr) ham xavfsizlik jihatidan zaif hisoblanadi.
Statistikaga koʻra, eng mashhur 20 ta PIN-kod barcha kodlarning 27 foizini tashkil qiladi. Bu esa tahdidlarga qarshi himoya zaifligini oshiradi, chunki firibgarlar bir necha urinishda ushbu kodlardan birini toʻgʻri topishi mumkin.
Keypad dizayni bilan bog’liq kodlar
«2580» kabi kodlar telefon yoki bankomat tugmachalari ustunlariga mos keladigan raqamlardan tashkil topgan. DataGenetics ma’lumotlariga ko’ra, bu kod eng ko’p ishlatiladigan 22-kod bo’lib, barcha holatlarning 0.8% ini tashkil qiladi. Bu xususiyat xavfsizlikni pasaytiradigan omillardan biri hisoblanadi.
Eng kam tarqalgan PIN-kodlar
- 8068;
- 8557;
- 8438;
- 9539;
- 7063;
- 6827;
- 7637;
- 6835.
Bu kodlarning xavfsizligi ularning hech qanday aniq naqshga ega bo’lmaganligi va tasodifiy tanlanganligi bilan izohlanadi. Masalan, «8068» kodi barcha holatlarning atigi 0.001% ini tashkil qiladi.
CNBC ma’lumotlariga ko’ra, «1234» kabi oddiy kodlardan foydalangan holda hujumchilar 61 urinishdan 20 tasida hisobga kirish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Nima qilish kerak?
- Tasodifiy raqamlar ketma-ketligidan foydalanmang.
- Shaxsiy ma’lumotlaringizni parol sifatida kiritmang.
- Pin-kodlarni tez-tez yangilang.
Xavfsizlik mutaxassisi Jason Glassbergning ta’kidlashicha, har 3-6 oyda PIN-kodlarni yangilash xavfsizlik darajasini sezilarli darajada oshiradi.
Avvalroq “Bilasizmi?” ruknida Akkauntlaringizni qanday himoya qilish haqida ma’lumot berilgandi.