Toshkent viloyati yo‘llarida maksimal tezlik 20 km/soatga pasaytirildi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev qaroriga ko‘ra, aholi punktlaridan tashqaridagi yo‘llarning 37 ta uchastkasida ruxsat etilgan maksimal tezlik 100 km/soatdan 80 km/soatgacha pasaytirildi. Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi taklifi bilan shunday qaror qabul qilingan bo‘lib, uning asosiy maqsadi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalari sonini kamaytirishdan iborat.

Qarorda nima deyilgan:

  • yangi tezlik: endi avtomagistrallarning aholi punktlaridan tashqaridagi 37 ta uchastkasida 80 km/soatdan yuqori tezlikda harakatlanish taqiqlanadi (ilgari bu uchastkalarda 100 km/soatgacha harakatlanishga ruxsat berilgan edi);
  • belgilarni oʻrnatish: avtomobil yoʻllari ma’muriyati 3.24 “yuqori tezlik cheklangan” belgilarini amaldagi talablar asosida qisqa vaqt ichida barcha uchastkalarda oʻrnatiladi;
  • nazorat qilish: viloyat yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi yangi qoidalarga rioya etilishini nazorat qiladi va buning uchun shaxsiy javobgar boʻladi.

Quyidagi yoʻllarda 80 km/soat tezlik chegarasi joriy etiladi:

  • 4R-15: Yangibozor — Krasnogorsk — Soʻqoq;
  • 4R-254: Parkent — Zarkent;
  • 4R-16: Jumabozor — Krasnogorsk;
  • 4R-20: Nurafshon (To‘ytepa) — Bekobod;
  • M39 : Toshkent — Chinoz;
  • 4R-24: Chinoz — Oqqo‘rg‘on;
  • 4R-22: Yangiyo‘l — Nurafshon (To‘ytepa);
  • A373: Oxangaron tumani;
  • 4R-2: Toshkent — Oxangaron;
  • A-373a: Oʻrtasaroy.

Cheklovli maxsus hududlar:

  • O‘rta Chirchiq tumani bo‘yicha: A-373a (33−37 km), 4R-2 (12−13 km, 16−18 km, 28−29 km, 34−38 km);
  • Ohangaron tumanida: A-373 (107−109 km);
  • Oqqo‘rg‘on tumanida: A-373 (61−67 km), 4R-22 (16−17 km, 30−31 km), 4R-24 (38−41 km, 44−46 km, 57−60 km);
  • Parkent tumanida: 4R-15 (39−48 km, 44−53 km), 4R-254 (0−5 km), 4R-16 (23−27 km);
  • Yangiyo‘l tumanida: M-39 (824 km, 831−832 km, 835−836 km);
  • Chinoz tumanida: M-39 (849−850 km, 855−856 km, 857−858 km, 859−860 km, 864−865 km, 866−867 km, 869−870 km);
  • Nurafshon shahrida: 4R-20 (7−8 km);
  • Piskent tumanida: 4R-20 (9−10 km, 12−14 km, 23−24 km, 27−28 km, 31−32 km);
  • Bo‘ka tumanida: 4R-20 (37−38 km);
  • Bekobod tumanida: 4R-20 (55−56 km, 63−64 km).
Back To Top