Voyaga yetmaganlar bank kartalari ochishlari mumkin bo‘ladi

Prezident qaroriga ko‘ra, endi O‘zbekistonda voyaga yetmaganlarning bank hisoblari va kartalarini ochish bo‘yicha aniq talablar ishlab chiqiladi.

Banklar ota-onalarni farzandlari bilan bog‘liq shubhali (frod) tranzaksiyalar haqida xabardor qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yadi.

Shuningdek:

  • Shubhali pul o‘tkazmalar bo‘yicha bank kartalari tezkor bloklanadi;
  • Mobil ilovalar antivirus tizimlari bilan himoyalanadi, zararli dasturlar aniqlansa – ogohlantirish yuboriladi.

“Kiberxavfsizlik markazi” tergov doirasida kiberjinoyatlar yuzasidan xulosa beradi,
va maxsus Kiberjinoyatlarga qarshi kurash markazi tashkil qilinadi.

Eng muhim yangiliklardan biri – banklar yoki to‘lov tashkilotlari axborot xavfsizligiga rioya qilmasa, va bu oqibatda zarar yuz bersa – zarar bevosita ularning hisobidan undiriladi.

Back To Top