
Microsoft mart oyidan boshlab 21 yil davomida ishlab kelgan Skype xizmatini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi.
Endilikda Skype foydalanuvchilari o‘z chat va kontaktlari bilan birga Microsoft Teams Free’ga o‘tishlari mumkin.
Diqqat: ma’lumotlar 2026-yil yanvarigacha ko‘chirilmasa, avtomatik o‘chiriladi!
Ammo Chatlarni eksport qilish mumkin, ammo ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Teams’ga o‘tkazib bo‘lmaydi.
Skype’ning bugun kungacha tarixi qanday edi?
Skype 2003-yilda Shvetsiya, Daniya va Estoniya dasturchilari tomonidan ishlab chiqilgan va ishga tushirilgan.
Dastlab xizmat foydalanuvchilarga faqat ovozli qo‘ng‘iroqlar xizmatini taqdim etgan bo‘lsa, keyinchalik videoaloqa orqali muloqot qilish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Dastur tezda ommalashib ketdi, 2005-yilda uni eBay, 2011-yilda esa Microsoft uni $8,5 mlrdga sotib olgan.
So‘nggi o‘n yil ichida kompaniya xizmatni bir necha bor yangilagan va qayta ishlagan, 2016-yilda esa Skype texnologiyalari asosida qurilgan Teams’ni taqdim etgan.
O‘shandan beri kompaniya Skype’ni yangilashda davom etgan bo‘lsa ham Teams Microsoft uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘ldi. 2023-yilda u unga o‘zining Bing chat-botini qo‘shdi.
Joriy yil fevral oyida Microsoft korporatsiyasi Skype messenjeri va videokonferensiya xizmatini may oyida butunlay yopishi haqida xabar berilgandi.