
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal ish haqi 5 million 796,1 ming so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 18% ga, 2021-yilga qaraganda esa deyarli ikki baravar oshgan.
2025-yil boshidagi hisob-kitoblarga ko’ra esa o’rtacha oylik 5,36 millionni tashkil qilgan edi.
Hududlar bo’yicha farq qanday?
Eng yuqori ish haqi Toshkent shahrida qayd etildi — o‘rtacha 9,89 million so‘m (o‘sish — 22,7%). Keyingi o‘rinlarda Navoiy (7,33 mln so‘m) va Toshkent viloyatlari (5,43 mln so‘m) joylashdi.
Eng past ko‘rsatkich esa Qashqadaryo viloyatida bo‘lib, bu yerda o‘rtacha ish haqi 4,08 million so‘mni tashkil etdi.
Hududlar kesimidagi ish haqi
№ | Hudud | O‘rtacha oylik ish haqi (so‘m) | O‘sish sur’ati (%) |
---|---|---|---|
1 | Toshkent shahri | 9 889 100 | 22,7% |
2 | Navoiy viloyati | 7 330 900 | 12,6% |
3 | Toshkent viloyati | 5 435 600 | 14,3% |
4 | Andijon viloyati | 4 874 500 | 11,0% |
5 | Buxoro viloyati | 4 763 900 | 18,5% |
6 | Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 4 672 100 | 15,0% |
7 | Sirdaryo viloyati | 4 662 300 | 18,5% |
8 | Xorazm viloyati | 4 580 200 | 14,3% |
9 | Jizzax viloyati | 4 370 100 | 17,4% |
10 | Samarqand viloyati | 4 353 100 | 17,6% |
11 | Namangan viloyati | 4 276 900 | 16,1% |
12 | Surxondaryo viloyati | 4 209 100 | 19,1% |
13 | Farg‘ona viloyati | 4 203 000 | 13,7% |
14 | Qashqadaryo viloyati | 4 079 800 | 13,7% |
Sohalar kesimida holat qanday?
Axborot va aloqa sohasi ish haqi o‘sishi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda — 26,8% ga oshib, o‘rtacha 14,81 million so‘mga yetgan.
Bank va sug‘urta sohalarida esa o‘rtacha ish haqi eng yuqori — 15,84 million so‘m, ammo o‘sish sur’ati 19,8% bo‘lgan.
Quyidagi sohalarda ham o‘sish qayd etildi:
- San’at, ko‘ngil ochish — 4,83 mln so‘m (+20,2%);
- Tashish va saqlash — 8,71 mln so‘m (+16%);
- Ta’lim — 4,04 mln so‘m (+17,7%);
Eng past o‘rtacha ish haqi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida bo‘lib, bu ko‘rsatkich 3,62 million so‘mni tashkil etdi (o‘sish — 11,1%)