Media Job Fair-2025 — media vakillari uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi

Mass-media fondi O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Milliy media birlashmasi media sohasidagi bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi — Media Job Fair-2025’ni o‘tkazmoqda.

Yarmarkada bir qator xususiy va davlat ommaviy axborot vositalari, vazirlik va idoralar matbuot xizmatlari, shuningdek, korporativ sektor vakillari ishtirok etadi.

Bundan maqsad O‘zbekistonda media sohani rivojlantirish, tahririyatlar va matbuot xizmatlarini kadrlar bilan ta’minlashga ko‘maklashishdan iborat.

Kimlar qatnashishi mumkin?

Media Job Fair-2025 yarmarkasida nafaqat talabalar, balki ish izlayotgan jurnalistlar, muharrirlar, marketologlar, rejissyorlar, operatorlar, montajchilar, fotograflar va faoliyat doirasini kengaytirishni istagan boshqa OAV vakillari ham ishtirok etishlari mumkin.

Yarmarka qachon bo‘lib o‘tadi?

  • 29-aprel soat 10:00 dan 16:00 oralig’ida.
  • O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
  • Oldindan ro‘yxatdan o‘tish shart emas.

Yarmarka barcha uchun ochiq.

Media Job Fair-2025 doirasida OAVlar taqdimotlari va yetakchi mutaxassislar ishtirokida mahorat darslari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Back To Top