“Leapmotor” O‘zbekistonda rasmiy faoliyatini boshlaydi

2025-yil 13-aprelda kompaniya Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va «UzTest» davlat muassasasiga xat yo‘llab, o‘z rejalarini ma’lum qildi.

Xatda Leapmotor C16 rusumidagi ba’zi avtomobillar mamlakatga noqonuniy yo‘l bilan – distribyutorlar orqali ruxsatsiz olib kirilganini e’tirof etdi.

Kompaniya yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish va rasmiy faoliyat shartlarini taqdim etishga va’da berdi.

“Leapmotor” ning asosiy bayonotlari:

  • Kompaniya faqat rasmiy distribyutor orqali faoliyat yuritadi.
  • Noqonuniy yo‘l bilan kiritilgan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatilmaydi va kafolat taqdim etilmaydi.
  • Muvofiqlik sertifikatini olish uchun zarur bo‘lgan barcha sinovlar yaqin kunlarda yakuniga yetkaziladi.
  • “Leapmotor” avtomobillarning sifati va xavfsizligini nazorat qilish maqsadida UzTest bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.

Tomonlar “Leapmotor” avtomobillarini standartlarga mos va xavfsiz qilish bo‘yicha hamkorlik qiladi. UzTest bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, jarayonda faol ishtirok etishni va’da berdi.

Back To Top