“Alif” O‘zbekistonda ilk bor islomiy sukuk obligatsiyalarini joylashtirdi

“Alif” fintech kompaniyasi $50 mlnlik dastur doirasida ilk transh — $5 mlnlik Sukuk al-Mudaraba obligatsiyalarini joylashtirdi. Bu O‘zbekiston tarixida islomiy sukuk obligatsiyalarining birinchi emissiyasi hisoblanadi.

Sukuklar 3 yillik muddatga mo‘ljallangan bo‘lib, Yevropa xalqaro bozorida (Lyuksemburgda) joylashtirildi. Mablag‘lar xalqaro investorlardan jalb etilib, O‘zbekiston iqtisodiyotiga yo‘naltiriladi.

Sukuklarning xususiy joylashtirilishi Alif’ning mintaqada islom moliyasini rivojlantirishga intilishini tasdiqlaydi, – deya izoh berdi Alif’ning O‘zbekistondagi bosh direktori Nuriddin Lafizov.

2014-yilda Abdulla Qurbonov, Firdavs Mirzoyev va Zuhursho Rahmatulloyev tomonidan asos solingan “Alif” bugungi kunda O‘zbekiston, Tojikiston va Pokistondagi loyihalari bilan Markaziy Osiyoning yirik xalqaro finteсh kompaniyalaridan biriga aylangan.

Back To Top