
Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun davlat tomonidan subsidiya olish uchun 2 xil tartibda murojaat qilishi mumkin:
1. Davlat xizmatlari markazlari orqali istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markaziga shaxsan murojaat etish;
2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali: Davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirish mumkin.
Biznesreport.uz nashri qanday qilib uy-joy subsidiyasi uchun onlayn tarzda tez va oson ariza topshirishni o’rgatadi.
Davlat xizmatlari portali orqali ariza topshirish qo’llanmasi:
1. My.gov.uz saytiga kiring va u yerdan xizmatlar bo’limiga o’ting;

2. Xizmatlar orasidan «Ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olish» qismini tanlang, so’ng «Subsidiya olishga ariza berish»ni ko’rishingiz mumkin. Ko’k rangda ajralib turgan «Xizmatdan foydalanish»ni belgilang;

3. Agar siz shaxsingizni tasdiqlamagan bo’lsangiz, sizdan bu qismda OneID so’raladi. Bu haqida avvalroq maxsus qo’llanma tayyorlaganmiz, shundan foydalanishingiz mumkin.

4. Shaxsingizni tasdiqlab olganingizdan so’ng, 3 qadamdan iborat asosiy amallarni bajarasiz. Avvalo, «Arizachining o’zi» yoki «Arizachingiz oila a’zosi»dan birini tanlab oling;

5. Keyingi qadamda esa o’zingiz haqingizda ma’lumot berishingiz kerak, ya’ni yashash manzilingiz, doimiy ro’yxatda turish joyingizni belgilashingiz va boshqa ko’rsatilgan ma’lumotlarni kiritishingiz kerak;

6. Navbatdagi bosqichda «Ijtimoiy mezonlar» kiritiladi, ya’ni qarinishdoshlar holati yoki sizning maxsus toifalarga ega ekanligiz so’raladi;

7. Qolgan barcha ma’lumotlar baza orqali avtomatik tekshiriladi. Shu bilan arizani yuborishingiz va uning qaysi jarayonda ekanligini ilova yoki sayt orqali ko’rib turishingiz mumkin.

Arizangiz 19 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Shu o’rinda, subsidiya olish uchun ariza yil davomida topshirilishi mumkin. Biroq subsidiya bir oilaga faqat bir marta beriladi va berilgan vaqtdan boshlab 12 oy davomida amal qiladi.
2025-yil uchun ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun arizalar qabuli 3-mart kuni soat 09:00 dan boshlab amal qilmoqda.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi videoni tomosha qilishingizni tavsiya qilamiz: