«Central Asian university» talabalari tomonidan tashkil etilgan tadbirda yetakchi ekspertlar, tadbirkorlar va IT ixlosmandlari ishtirok etadi.

Apple’ning afsonaviy asoschisi eksklyuziv ma’ruza o‘qiydi, texnologiya kelajagi haqidagi tasavvurlari bilan o‘rtoqlashadi, sanoatning asosiy tendensiyalarini muhokama qiladi va tinglovchilarning savollariga javob beradi.
Sammitda IT sohasi yetakchilarini nutq so’zlaydi:
• Sabina Qosimova — Hambi Super ilovasi rahbari (Beeline Uzbekistan);
• Nargis Do‘stmatova — O‘zbekiston FinTech Assotsiatsiyasi raisi;
• Ummatoy Yo‘ldosheva — GradUz loyihasi hammuassisi va texnik direktori. AIESEC (NNT) da startap maslahatchisi;
• Shavkat Karimov – O‘zbekiston IT-hamjamiyati rahbari.
Silikon vodiysi ekspertlari sammitda so‘zga chiqib, IT-biznesni rivojlantirishning dolzarb tendensiyalari, investitsiya istiqbollari va yangi imkoniyatlarni ochib beradi.
Sana: 20-mart
Vaqt: 10:00
Manzil: Mirzo Ulug’bek tumani, Milliy Bog’ ko’chasi, 1. CAEx ko’rgazmalar zali
Chiptalar iticket.uz saytida mavjud