Musaffa dunyoning Top 30 e’tiborga molik islomiy fintex kompaniyalari qatorida

Global Islamic Fintech Report 2024-25 natijalariga ko‘ra, Musaffa dunyoning Top 30 e’tiborga molik islomiy fintex kompaniyalari qatoriga kiritildi.

490 dan ortiq kompaniyalar orasidan Musaffa quyidagi yutuqlari bilan ajralib turdi:

  • Yirik investitsiyalar jalb qilish
  • Yangi hududlarda ishga tushish
  • Xizmatlar turini kengaytirish

Tizim faoliyatiga yuzlanadigan bo’lsak, Musaffa — musulmon investorlar uchun shariyatga mos investitsiya imkoniyatlarini taqdim etuvchi global platformadir. Uning maqsadi musulmon investorlarni shariyat talablariga mos keladigan investitsiya imkoniyatlari bilan ta’minlashdir.

Kompaniyaning rivojlanishi:

  • 2021-yilda veb-platforma ishga tushirildi va 12 ta mamlakat qamrab olindi;
  • 2022-yilda mobil ilova taqdim etildi, 50000 dan ortiq aksiyalar qamrab olindi, 72000 dan ortiq global foydalanuvchilar va 6 ta B2B hamkorlikka erishildi;
  • 2024-yilda Dubay va Toshkentda yangi ofislar ochildi;

Islomiy fintex bozori tez o‘smoqda va kelajakda yanada ko‘proq innovatsiyalar kutilmoqda.

Back To Top