Fransiyaning fintex startapi Swan €44 mln investitsiya jalb qildi

Embedded banking bozorining yetakchilaridan biri bo‘lgan Swan Yevropa Ittifoqida yangi mahsulotlar ishlab chiqish uchun €44 mln investitsiya oldi

Swan bizneslar uchun virtual va jismoniy kartalar, hamda to‘lovlarni qayta ishlash xizmatlarini taklif qiladi. Bundan tashqari, tizim Italiya, Belgiya va Buyuk Britaniya bozorlariga chiqishni, katta korxonalar uchun yangi moliyaviy yechimlar ishlab chiqishni reja qilmoqda.

Keling, tizim haqida va uning ko’rsatkichlari bilan batafsil tanishib chiqamiz:

  • €1,5 mlrd oylik tranzaktsiya hajmi
  • 150 ta korporativ mijoz
  • Hamkorlar 3 oy ichida yuqori ko‘rsatkichga erishmoqda
  • Moliyaviy xizmatlarni atigi bir necha kunda ishga tushirish mumkin
  • Hali «unicorn» maqomiga erishmagan, lekin kompaniya bahosi o‘sishda davom etmoqda

Back To Top