Spotify ilk marta yil yakunlariga ko‘ra ko’rsatkichlarini e’lon qildi

Spotify o‘z tarixida birinchi marta o’z ko’rsatkichlari bilan bo’lishdi. 2024-yil to‘rtinchi choragida kompaniya €367 million foydaga ega bo’ldi, yil yakuniga ko‘ra esa €1,14 milliard sof foyda qayd etildi (2023-yilda €532 million zarar qayd etilgandi).

Kvartal aylanmasi €4,24 milliard ni tashkil etib, bu o‘tgan yilga nisbatan 16% o‘sishni ko‘rsatdi. Shundan €3,7 milliardi Premium obunalardan, qolgan qismi esa reklama daromadlaridan kelib tushdi. Yillik umumiy aylanmasi esa €15,67 milliard ni tashkil etdi.

Foydalanuvchilar soni ham o‘sishda davom etmoqda:

  • Faol oylik foydalanuvchilar soni 12% ga o‘sib, 675 millionga yetdi.
  • Premium obunachilar soni esa 11% ga o‘sib, 263 millionga yetdi.

Bloomberg ning ma’lumotiga ko‘ra, Spotify asoschisi va bosh direktori Daniel Ek ko‘p yillik audio kitoblar va podkastlar rivojidan so‘ng foyda olishni ustuvor maqsadga aylantirgan.

Back To Top