Hambi platformasida foydalanuvchilar soni 4 milliondan oshdi

Hambi ekotizimi yangi versiyasi ishga tushirilganidan so‘ng 3 oy ichida 700 000 yangi foydalanuvchini jalb qildi.

Hambi ekotizimiga xizmatning yangi versiyasi ishga tushirilgandan so‘ng uch oy ichida 700 000 ta yangi foydalanuvchi jalb etildi va platformadan muntazam foydalanadigan mijozlar soni oyiga 4 000 000 kishidan oshib ketdi.

Hambi haqida

VEON global raqamli operatori 2024-yil noyabr oyida O‘zbekistondagi barcha mobil foydalanuvchilari uchun mavjud bo‘lgan raqamli xizmatlar va ulanishning to‘liq spektrini bir ilovada birlashtirgan innovatsion sun’iy innovatsion platforma – Hambi super ilovasini ishga tushirdi.

VEON tomonidan O‘zbekistonda ishga tushirilgan Hambi super ilovasi kundalik hayot uchun zarur bo‘lgan xizmatlarni bir joyga jamlagan. Barcha mobil aloqa operatorlari foydalanuvchilari uchun:

  1. Komissiyasiz P2P pul o‘tkazmalari
  2. TV dasturlar va o‘yinlar
  3. Avtosuğurta
  4. Onlayn xaridlar va chiptalar bron qilish

Bundan tashqari, Hambi Davo xizmati orqali 500 dan ortiq bemorga onlayn tibbiy maslahat berildi. Tizim ijtimoiy sohalar uchun xizmatlar taklif etishdan tashqari, avto yo’nalishiga ham e’tibor qaratmoqda. Xususan, Hambi Auto xizmati yordamida 50 000 dan ortiq avtomobil sug‘urta polisi rasmiylashtirildi va ma’lumotlar kuzatuvi yo‘lga qo‘yildi.

Back To Top