One ID nima va uni qanday qilib ochish mumkin?

Yagona identifikatsiya tizimi (One ID) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tijorat tashkilotlarining turli veb-saytlari va portallariga kirishningizni qulaylashtiradi. Ya’ni turli davlat xizmatlaridan foydalanish oldi sizning shaxsingiz elektron tarzda avtomatik tasdiqlanadi. 

Qanday qilib undan elektron ro’yxatdan o’tish mumkin?

1. my.gov.uz saytiga kirib “Kirish” tugmasini bosing;

2. Foydalanuvchilar kelishuvi bilan tanishib chiqing va “Ro‘yxatdan o‘tish” tugmasini bosib quyidagilarni amalga oshiring;

4. So’ralgan ma’lumotlarni birin-ketin kiriting, ya’ni JShShIR, passport seriyasi va raqami, elektron pochta manzili, telefon raqam kabilarni kiriting;

5. So’ngra sizga yuborilgan  maxsus SMS kodni ham yozing;

6. Ushbu oynada OneID tizimi uchun login va parol kiriting, so‘ngra “Ro‘yxatdan o‘tish” tugmasini bosing.

8. OneID tizimida ro‘yxatdan o‘tganligingiz to‘g‘risida xabarnoma oynasi chiqadi va Siz tizimda ro‘yxatdan o‘tganingiz tasdiqlanadi. 

Endi Elektron hukumat tizimlaridan bemalol foydalanishingiz mumkin.

Back To Top