Freedom Bank yangi marralarni zabt etmoqda

2025-yil Freedom Bank uchun ajoyib natijalar bilan boshlandi .

Bankning Kuzatuv kengashi a’zosi Aydos Jumagulovning ma’lumotlariga ko‘ra, har kuni Freedom Super app ilovasi 30-40 ming marta yuklab olinmoqda.

Keling, Super app haqida batafsil tanishamiz:

Super app — bu bir nechta turdagi xizmatlarni o’z ichiga olgan va foydalanuvchiga bir platforma orqali turli ehtiyojlarni qondirish imkonini beruvchi mobil ilova hisoblanadi.

Super app hisoblangan ilovalar asosan quyidagi xizmatlarni taklif etadi:

  1. Xabar almashish (messaging) — ijtimoiy tarmoqlar yoki chat funksiyalari.
  2. To’lovlar — onlayn to’lovlar, bank xizmatlari, raqamli hamyon.
  3. Elektron-tijorat — mahsulotlar sotib olish va sotish, xizmatlar buyurtma qilish.
  4. Transport— taksi yoki transport buyurtmalarini amalga oshirish.
  5. Yordamchi xizmatlar — ovqat buyurtma qilish, shifokorga yozilish, yo’lda yordam olish va boshqa xizmatlar.

Misol uchun, Grab super app ilovasi Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari aholisi tomonidan keng foydalanilib, transport, oziq-ovqat yetkazib berish, to’lovlar va boshqa turli xizmatlarni o’z ichiga oladi.

Back To Top