Mollie, Yevropaning eng tez rivojlanayotgan toʻlov provayderlaridan biri, Fransiya va Belgiyaning yetakchi “Hozir xarid qil, keyin to‘la” (BNPL) xizmatlarini taqdim etuvchi Alma bilan hamkorlikni e’lon qildi.

O’zaro hamkorlikning afzallik tomonlari:
- Endilikda Mollie orqali Alma xizmatlaridan foydalanib, xaridorlarga to‘lovlarni bir necha qismlarga bo‘lish yoki keyinroq to‘lash imkoniyati taqdim etiladi.
- Alma o‘zining qulay va xavfsiz BNPL xizmatlari bilan tanilgan bo‘lib, mijozlarning ishonchini oshirishga yordam beradi.
- Alma BNPL xizmatlari Mollie to‘lov tizimiga tez va oson integratsiya qilinadi, bu esa savdogarlar uchun qulaylikni ta’minlaydi.
Ushbu hamkorlik Fransiya va Belgiya hududidagi BNPL xizmatlarini yanada raqobatbardosh qiladi va biznes hamda mijozlarga raqamli iqtisodiyotda muvaffaqiyat qozonish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.