OTMlarda oʻqiyotgan talabalar toʻlagan kontrakt pulidan yoki xususiy bog’cha va maktablar uchun qilingan to’lovlardan 12% qaytarib olish mumkin.

Buning uchun hech qanday ovoragarchilik kerak emas, shunchaki Soliq mobil ilovasidan foydalanish kifoya. Biznesreport.uz ushbu ketma-ketlikni tushuntiradi:
1. Soliq mobil ilovasini yuklab oling va FaceID orqali shaxsingizni tasdiqlang;
2. Ilovadan «Soliqlarim» bo’limiga kiring;
3. «Soliq imtiyozini qaytarish» bo’limini tanlab, «Proffesional va oliy ta’lim tashkilotlariga to’lagan kontrakt to’lovlarim» qismiga o’ting;
*xususiy maktab yoki bog’chaga ham kirishingiz mumkin.
4. So’ralgan ma’lumotlarni kiriting;
5. Jami to’langan summani kirib, uning chek/kvitansiyasini PDF formatda biriktiring va «Davom etish»ni bosing;
6. Jami summa va qaytarish summasi ilovadan avtomatik hisoblanadi va shu joyida ma’lumotlarni qayta tekshirib ko’ring;
7. Barchasini tekshirib, «Yuborish» tugmasini bosing.
8. Arizangiz ro’yxatga olindi!
Endi ortiqcha summani qaytarishga ariza berishni ko’rib chiqamiz:
1. «Asosiy menyu»ga qaytib, «Keshbek va imtiyozlar» bo’limiga o’ting;
2. Undan «Ortiqcha to’lovni qaytarish» tugmasini bosing;
3. Bu sahifada plastikni olgan bankning tranzit raqami va MFO’sini kiriting.
*bankning asosiy sahifasidan bu ma’lumotni olishingiz mumkin.
4. Endi «Ariza yuborish»ni bosingiz mumkin;
5. Sizga arizaning raqami va ko’rish chiqish muddati ma’lumot qilinadi. Shuningdek, uning holatini ham kuzatib turishingiz mumkin.
Shu kabi foydali ma’lumotlarni Biznesreport’da kuzatib boring!