O‘zbekistonda $30 000 ga qanday avtomobil xarid qilish mumkin?

O‘zbekistonda avtomobil bozorida $30 000 byudjet bilan asosan Xitoy brendlarining zamonaviy va texnologik jihatdan ilg‘or modellarini xarid qilish mumkin. Biz quyida sizga shu narx oralig‘ida sotilayotgan eng dolzarb variantlarni taqdim etamiz.

BYD Song Plus DM-i

BYD brendi tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu gibrid krossover 1.5 litrlik benzin dvigateli va elektromotor bilan jihozlangan. Ushbu kombinatsiya umumiy 197 ot kuchini hosil qiladi va yuqori yoqilg‘i tejamkorligini ta’minlaydi – 100 km masofa uchun atigi 4,5 litr benzin sarflaydi. To‘liq elektr rejimida esa 105 km gacha yurish imkoniyatiga ega.

Bu model BYD ning DM-i super gibrid texnologiyasiga asoslangan bo‘lib, benzin va elektr energiyasini optimal tarzda boshqaradi. Akkumulyatori atigi 28 daqiqada 30% dan 80% gacha quvvatlana oladi. 0-100 km/soat tezlanishi esa 7.8 soniyani tashkil etadi.

Ichki qismida 12.8 yoki 15.6 dyuymli ekran, zamonaviy interyer hamda ilg‘or xavfsizlik tizimlari mavjud. O‘zbekistonda ushbu modelning avtosalondagi narxi taxminan $29,432 dan boshlanadi.

BYD Song Plus DM-i Champion

BYD ning yangi avlod gibrid SUV modeli O‘zbekistonda rasmiy ravishda ikki versiyada taqdim etilgan: to‘liq elektr (EV) va plug-in gibrid (DM-i). 1.5 litrlik benzin dvigateli va elektromotor kombinatsiyasi 197 ot kuchiga ega. 0-100 km/soat tezlanish 7.8 soniyada amalga oshadi.

Modelning akkumulyatori 71.7 kVt/soat sig‘imga ega bo‘lib, u 520 km dan 605 km gacha yurish imkonini beradi. Shuningdek, 360 darajali kamera va parkovka sensorlari mavjud. 30 dan 80% gacha zaryadlash atigi 28 daqiqada amalga oshiriladi. O‘zbekistonda ushbu modelning avtosalondagi narxi $27,262 – $33,976 oralig‘ida.

Changan Deepal S7

Changan kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu model ham sof elektr, ham gibrid versiyada taqdim etilgan. O‘zbekistonda asosan gibrid versiyasi sotiladi.

1.5 litrlik benzin dvigateli elektr energiyasi bilan ishlaydi va 160 km elektr yurish zaxirasi ta’minlaydi, bu esa shahar sharoitida yoqilg‘i sarflamaslik imkonini beradi.

Tezkor zaryadlash tizimi bilan 30 daqiqada akkumulyatorning asosiy qismi quvvatlantiriladi. Futuristik dizayni va LED yoritish tizimi ushbu modelga zamonaviy ko‘rinish beradi. Mashinani avtosalonda $29,900 ga sotib olish mumkin

Chery Tiggo 8 Pro

Chery Tiggo 8 Pro – o‘zining zamonaviy dizayni, kuchli dvigateli va ilg‘or xavfsizlik tizimlari bilan ajralib turadigan SUV modeli. 

U ikki xil turbomotor bilan jihozlangan:

• 1.6L Turbo GDI – 186 ot kuchi

• 2.0L Turbo GDI – 254 ot kuchi

Transmissiya – 7 bosqichli avtomatik (DCT). 0-100 km/soat tezlanishi 8.5 soniya ni tashkil etadi.

Model old g‘ildirakli va to‘liq yuritmali (AWD) variantlarda mavjud bo‘lib, 100 km masofa uchun yoqilg‘i sarfi 7-8 litr ni tashkil qiladi.

Tiggo 8 Pro xavfsizlik borasida yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lib, 360° kamera, adaptiv kruiz-kontrol va avto-tormoz tizimi bilan jihozlangan. O‘zbekistonda ushbu modelning avtosalondagi narxi taxmina $29,977 dan boshlanadi.

Back To Top