Qanday qilib bitkoinni qonuniy sotib olish mumkin?

Oxirgi oylarda Bitkoinnining qiymati kundan kunga oshib bormoqda. Hattoki uning narxi rekord darajada ilk bor $100 mingdan oshdi.

Xo’sh, O’zbekistonda ham bitkoinni qonuniy tarzda sotib olish mumkinmi?

O’zbekistonda 2023-yil 1-yanvardan boshlab kriptovalyuta sotib olish yoki sotish faqat respublikada litsenziyalangan platformalarda ruxsat berilgan. 2024-yil fevral oyi boshida respublikamizda ikkita kriptobirja va 10 ta kriptodo‘kon ishlashni boshlagan.

Bitkoinni qonuniy sotib olishning bosqichlari:

1. Kripto birjalarini tanlash

O’zbekistonda Bitkoin sotib olish uchun avvalo litsenziyaga ega bo’lgan kripto birjalarni tanlashingiz kerak. Masalan, UzNEX birjasi orqali ro’yxatda oson o’tishingiz mumkin. Foydalanish uchun uning rasmiy sayti kirishingiz yoki mobil ilovalarini yuklab olishingiz lozim.

2. Ro’yxatdan o’tish

Tilni tanlab, «Ro’yxatdan o’tish» o’tish tugmasini bosishingiz kerak. Bu jarayon odatda quyidagi bosqichlardan iborat:

Shaxsiy ma’lumotlarni kiritish: Ism, familiya, telefon raqami va elektron pochta manzili.

Identifikatsiya: Ba’zi birjalar sizdan shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) taqdim etishni talab qiladi.

3. Hisobni moliyalashtirish

Kripto birjasida hisobingizni moliyalashtirish uchun O’zbekiston milliy valyutasi (so’m) yoki xorijiy valyutalardan foydalanishingiz mumkin. Buning uchun:

Bank o’tkazmasi: Hisobingizga pul o’tkazish uchun bank xizmatlaridan foydalaning.

Karta orqali to’lov: Ba’zi birjalar kredit yoki debit kartalar orqali to’lovlarni qabul qiladi.

4. Bitkoin sotib olish

Hisobingizda mablag’ mavjud bo’lgach, Bitcoin sotib olish jarayonini boshlashingiz mumkin:

Birja interfeysiga kirish: Kripto aktivlar bozorini ko’ring.

Bitkoinni tanlash: «Buy» (sotib olish) tugmasini bosing.

Miqdor va narxni belgilash: Sotib olmoqchi bo’lgan Bitcoin miqdorini kiritib, buyurtmani tasdiqlang.

5. Bitkoinni saqlash

Sotib olingan Bitcoinni saqlash uchun kripto hamyonidan foydalanish  kerak. UzNEX’da mavjud hamyonlardan foydalanish yoki tashqi hamyon (masalan, Ledger yoki Trezor) orqali xavfsiz saqlash imkoniyatini ko’rib chiqishingiz mumkin. 

Bitkoin sotib olish uchun CoinPay kabi boshqa kripto birja ham bor, biroq UzNex ancha qulay va osonroq usul hisoblanadi.

Fikr bildirish

Back To Top