Paynet Humo to‘lov tizimini sotib oldi

Paynet kompaniyasi Humo to‘lov tizimini $65 mlnga sotib oldi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.

Unga ko’ra, “Milliy banklararo protsessing markazi” Humo‘ning 100% davlat aksiyalarini sotish bo‘yicha ochiq savdo o‘tkazdi. Unda 6 ta nomzod qatnashishga taklif qilingan. Ulardan 3 nafari belgilangan muddatlarda majburiyatga ega bo‘lgan takliflarni bildirgan.

“Paynet“ eng yuqori baho – $65 mln bilan kimoshdi savdosida g’olib bo’ldi.   

Shundan so’ng, uning ustav kapitalidagi 100% davlat aksiyalar paketini xususiylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Fikr bildirish

Back To Top