Byujet 2025: O’zbekistonda mol-mulk va yer solig’i miqdori oshiriladi

2025-yilda ayrim turdagi soliq miqdori oshirilishi taklif etilmoqda. Bu haqida Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan byujetnomada keltirilgan.

Unga ko’ra, 2025-yil 1-apreldan boshlab neft mahsulotlari uchun to‘lanadigan aksiz soliq stavkalarini 10% ga oshirish rejalashtirilmoqda.

Vazirlikning qayd etishicha, ushbu soliq stavkalarining oshirilishi neft mahsulotlari chakana narxiga sezilarli darajada taʼsir ko‘rsatmaydi.

Kelasi yil 1-yanvardan yuridik va jismoniy shaxslarning turar hamda noturar ko‘chmas mulk obyektlariga solinadigan mol-mulk solig‘i stavkalarini 10% ga oshirish rejalashtirilmoqda.

Shu bilan birga, yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ining bazaviy stavkalari o‘rtacha 10 % indeksatsiya qilinmoqda.

2025-yil 1-yanvardan yakka tartibdagi tadbirkorlarning qatʼiy belgilangan miqdorlardagi soliq stavkalarini inflyatsiya darajasidan kelib chiqib 10% ga oshirilmoqda.

Quyidagi soliq stavkalari esa o’zgarishsiz qolmoqda:

  • Foyda solig‘ining bazaviy stavkasi — 15%;
  • Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i — 12%;
  • Qo‘shilgan qiymat solig‘i — 12%;
  • Ijtimoiy soliq — 12% (budjet tashkilotlari uchun 25%);
  • Aylanmadan olinadigan soliqning bazaviy stavkasi — 4%;
  • Yuridik shaxslar mol–mulk solig‘i — 1,5%

Fikr bildirish

Back To Top